Bir rasmda: Somon yo’li, tog’lar va daryo chuqurligi

Fotosuratchi Johannes Holzer, janubiy Germaniyaning Izar daryosi bo’yida bir qator suratlar oldi. Somon yo’li, tog’larni va daryo chuqurligini bir rasmda birlashtirish uchun, u ikkita kamerani ishlatgan va ular yordamida bir xil burchak ostida uchta surat olgan. Keyin esa barcha suratlarni bir rasmga birlashtirdi. Natijada, inson ko’zlarini jalb etuvchi rasm paydo bo’ldi. Juda noyob va chiroyli…

Velosipedda yangi jahon rekordi o’rnatildi (video)

Avstriyalik Markus Stoeckl velosiped tezligi bo’yicha yangi jahon rekordini o’rnatdi. Chilidagi Atakama cho’lida 42 yoshli velosportchi soatiga tezlikni 167,6 kilometrgacha oshirishga muvaffaq bo’ldi. Bu tezlik uchun Stoeckl standart Mondraker Summum velosipedidan va albatta xavfsizlik uchun maxsus tayyorlangan eng yaxshi aerodinamikali kostyum va dubulg’adan foydalandi. Avstriyalik velosportchi deyarli to’rt ming metr balandlikdagi tog’ tepasida tushishni boshladi.…

Biz hech o’ylamagan sayyoramiz sirlari…

Bizni nafaqat quyosh isitadi! Quyosh – bizning asosiy issiqlik manbayimiz deb ko’p yillar davomida ishonib kelingan, balki kimdir hozir ham buni yaxshi bilar. Agarda quyosh o’chib qolsa, butun tirik jon halok bo’ladi, insoniyat esa butunlay Yer yuzidan yo’q bo’ladi. Ammo Yer yadrosidagi harorat quyoshning yuzasi bilan bir xil bo’lib chiqdi. Bu 5500 ° C, lekin…

Rasm yoki fotosurat?

Quyidagi tasvirlar shunchalik haqiqiy ko’rinishga ega-ki, hatto insonni bir soniyaga ham shubhalantirmaydi. To’g’risini aytganda, bular qo’lda chizilgan suratlardir. Yosh san’atkor, Fransis McCrory ajoyib qobiliyat egasi va u bo’yoq cho’tkasi bilan yaxshi ishlay oladi. Hatto, uni “Yomg’ir hukmdori” deb ham atashadi. San’atkor Irlandiyaga tug’ilgan, u yerda juda ko’p yomg’ir yog’adi. Lekin kimdir buni “yomon ob-havo” desa,…

O’zbekistonda ob-havoning keskin pasayishi kutilmoqda

Shu yilning 2-4-fevral kunlari O’zbekistonning barcha hududlarida yog’ingarchilik kuzatilishi kutilmoqda. Ayrim joylarda kuchli yomg’ir yog’ishi va 3-4-fevral kuni esa qor yog’ishi kutilmoqda. Havo harorati keskin pasayishi ya’ni kunduzi -5..0 daraja, kechasi esa -12..-7 darajaga yetishi kutilmoqda. Shunday ekan, a’lo kayfiyat sizni aslo tark etmasin. Sovuq kun sizning kayfiyatingizga ta’sir o’tkazishiga yo’l qo’ymang. Aytgancha, tabassum qilishni…

Yo’talga qarshi shokolad o’ylab topishdi

Ko’pchiligimizga ma’lumki, asal va limon yo’talni to’xtatishga yordam beradi. Ammo “Alyn Morice” ismli mutaxassisning aytishicha, shokolad yo’talni to’xtatar ekan va buni yaqinda o’tkazilgan tadqiqot tasdiqlagan. Professor Moris yo’talni o’rganish xalqaro yig’iniga asos soldi va Hall Universitetida tibbiy tadqiqotlarni olib bormoqda. Yevropada 163 insonlar ishtirokida tadqiqot olib borilgan va unda ishtirokchilar shokolad asosida dorilarni qabul qilishgan.…

Dunyoning taqdiri haqida xayol surgan dengiz to’ng’izi.

Xafa bo’lgan dengiz to’ng’izi haqidagi video internet foydalanuvchilari orasida katta qizziqishga sabab bo’ldi. Ushbu videoda ikkita dengiz to’ng’izlari sabzavotlar bilan tushlik qilayotgan edilar. Biroq, ulardan biri ovqatiga umuman teginmasdan hayol surar edi. Video izohida shunday yozuv qoldirilgan: «Dushanba erta tongi kelganda, siz hayotingiz noto’g’ri yo’lga ketganligi haqida o’ylab qolasiz».

Qanday qilib oq nuqtalar doira shaklida harakatlanadi?

Birinchi ko’rinishda, bu qora dumaloq va uning ichida diametrli chiziqlar bor va uning ichida soat bo’ylab harakatlanadigan oq nuqtalar yig’ilgan. Agarda yaxshiroq qarasak, har bir oq nuqta bir chiziq bo’ylab pastga va tepaga  harakatlanishini ko’rishimiz mumkin. Ushbu animatsiya internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirgan. Ba’zilarning aytishicha, boshida bunga ishonish ancha qiyin bo’lgan ekan. Manba: Lenta

Denis Istomin jarohati tufayli Grigor Dimitrovga mag‘lub bo‘ldi!

2017 Australian open musobaqasining nimchorak finalida O‘zbekistonlik tennischi o’z ishtirokini yakunladi. Ikki yarim soat davom etgan bellashuvda O‘zbekiston vakili 4 set natijasiga ko‘ra 6:2, 6:7, 2:6, 1:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Ikkinchi set oxirlarida Istomin chap oyoq sonining orqa qismini shikastlab oldi va bu uning o‘yin natijasiga ta’sir qildi. Eslatib o‘tamiz, Istomin…