1 soatlik yugirish hayotga 7 soat qo’shadi

1 soatlik yugirish hayotga 7 soat qo’shadi

“Progress in Cardiovascular Disease” jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda, yugirish – hayotni uzaytirishi haqida tasdiqlandi. Tadqiqot Iowa universiteti kinesioliya professori Dak-Chul Li boshchiligida o’tkazildi.

Olimlarning hisoblashlaricha, bir soat yugirish hayotni 7 soatga (haftasiga 3-4 marta yugirish bo’lsa) uzaytirar ekan.

Lekin bitta katta afzallik bor: hatto siz cheksangiz ham, spirtli ichimliklarni iste’mol qilsangiz yoki semirishdan azob cheksangiz ham, siz hali ham yoqimli bonusga ya’ni  qo’shimcha hayot soatlariga ega bo’lishingiz mumkin.

Bir o’ylab ko’ring, agar passiv turmush tarzini sevuvchilar sport bilan shug’ullansalar, yurak xuruji soni 25 foizga, o’lim esa umuman 16 foizga kamayishi mumkin.

058

Yugirishning yana bir qo’shimcha foydasi, agar siz haftasiga kamida to’rt soat yugirgan bo’lsangiz va hozirga kelib siz buni to’xtatgan bo’lsangiz, avvalgi mashqlarning ta’siri yo’qolmaydi.

Nima uchun yugirish bilan shug’ullangan odamlar uzoqroq yashaydi? Hali ham noma’lum. Ehtimol, odatda sigaret, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va zararli taomlarni iste’mol qilmangani uchundir.

Bundan tashqari, yugirish, yuqori qon bosimi, semirish va erta o’lim kabi ko’plab umumiy xavf omillari bilan kurashadi.

Yugirish albatta bizni abadiy qilmaydi, balki zararli odatlar va hayot tarzimiz bilan tanaga yetkazadigan zararning o’rnini qoplash imkoniyatini beradi.


Siz yugirish sportini yoqtirasizmi? Ushbu foydali ma’lumotni boshqalar bilan bo’lishing!


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social