10 ta narsani esdan chiqarmaslik kerak

10 ta narsani esdan chiqarmaslik kerak

Siz butun hayotingiz davomida sizni tushunadigan va o’zingizni qanday bo’lsa shunday qabul qila oladigan insonni uchratishni istaysiz. Keyinchalik, bu “kimdir”har doim siz bilan birga ekanligini tushunib yetasiz va bu inson o’zingizsiz!

Kechirim berish, qabul qila olish, quvonish va orzu qilish faqat bizning qo’llarimizdadir. Baxtli bo’lishga qaror qiling: yaqin insoningizni bag’ringizga bosing, baham ko’ring, quyosh botishini kuzating, daraxt va gullar o’stiring, musiqa tinglang, kitob o’qing, sport bilan shug’ullaning. Bu sizning baxtingiz uchun o’zingizning ongli qaroringizdir. O’zingizdan tashqari, boshqa hech kim sizni baxtli qila olmaydi. Eng muhim narsadir. Ho’sh, yana nimani eslash kerak?

80/20-qoida (Pareto qonuni)

Sizning 20% foaliyatingiz, 80% natijalar va daromadlar olib keladi. Siz qiladigan ko’p narsa, unchalik kerak emas. Vaqtni optimallashtiring. Tasavvur qiling-a, deyarli 80% foydasiz ish qilasiz. Ho’sh, kimning sevimli mashg’ulotlariga vaqti yo’q?

Parkinson qonuni

Sizga kerak bo’lgan narsani juda tez qilishingiz mumkin. Vazifaga qancha ko’p vaqt ajratsangiz, shuncha ko’proq sarflaysiz. Agar siz ishlarni so’nggi daqiqaga qadar kechiktirishga harakat qilsangiz, sizga bir hafta yoki bir oyga berilishidan qat’iy nazar, siz ishingizni ohirgi 2 kun ichida amalga oshirasiz.

Avval bering, keyin oling

Aynan shuu tartibda, aksincha emas. Vaqt o’tib, siz bergan narsadan ko’ra ko’proq narsani olasiz. Tinchlik uchun xursand bo’ling. Yer yuzidagi har bir soniyada istaklar amalga oshadi. Ertaga sizniki ham amalga oshadi. Biror munosib ish qilgan kishi, hech qachon kamroq mukofot olmagan.

Xato va muvaffaqiyatsizliklar – bu yaxshidir

Xato va muvaffaqiyatsizliklar qimmatbaho tajribaga ega bo’lishga, juda ko’p qiziqarli narsalarni bilishda va muvaffaqiyatli bo’lishga imkon beradi, chunki hayotda muvaffaqiyat muvaffaqiyatsizlikka va xatoga yo’l qo’yish orqali keladi. U faqat sabr qilganlarga keladi.

Tanish orttiring va muloqot qiling

Har qanday uchrashuvni huddi eng yaxshi do’stlaringiz bilan uchrashadigandek o’tkazing. Agarda shunday qila olsangiz, siz yanada ishonchli, yanada ochiq va o’zingizning yangi insonlarni jalb qila oladigan bo’lasiz. Birinchi ijobiy taassurot qanchalik muhimligini eslatib o’tmaymiz.

Sizning munosabatingiz haqiqatni o’zgartiradi

Pessimizm (salbiy fikrlash) realism (haqiqatga tik boqish) niqobi ostida yashiringa bo’lishi mumkin. Shuning uchun har doim “to’g’ri” bo’lasiz. Boshqa tomondan, har doim ham shunday bo’lish kerak emas, chunki vaqt o’tishi bilan biz qidirayotgan narsani topishni o’rganamiz …

Minnatdorchilik – baxtni his qilishning oddiy usuli

Bu atrof muhitga ijobiy munosabatda bo’lish va to’g’ri maqsadlarga yondashishning ajoyib usuli. Shuningdek, boshqalarni ham baxtli qilishdir. Shu orqali siz ham o’zingizni baxtli his qilasiz, chunki, hissiyotlar yuqumlidir.

O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang

Agar siz o’zingizni boshqalar bilan taqqoslasangiz, siz o’zingizni tashqi dunyo nazorat qilishiga ruxsat berasiz. Siz uchun o’zingizni o’zingiz bilan solishtirish foydalidir. Siz qancha yo’l yurganingizni va o’zingiz qanchalik o’sganingizni ko’rishga harakat qiling.

Ko’zlar qo’rqish juda katta

Siz qo’rqayotgan narsalarning 80-90 foizi aslida hech qachon sodir bo’lmaydi. Ular faqat sizning boshingizda mavjud. Agar biror narsa sodir bo’lsa ham, siz tasavvur qilganingizdek hamma narsa yomon bo’lmaydi. Bezovtalanish, shunchaki kuch va vaqtni yo’qotishga sabab bo’ladi.

Har bir narsani juda jiddiy qabul qilmang

Bugungi kunda yuz beradigan muammolarning aksariyati bir-ikki yil ichida sedan chiqib ketadi. Agar o’zingizga, o’z fikringiz va his-tuyg’ularingizga jiddiy munosabatda bo’lsangiz, bu faqat kuch yobuzuqlikka olib keladi. Rohatlaning va ruhiy holatingiz mo’jizaviy ravishda o’zgaradi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nasiba

    Tögri yozibsila

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social