20 yoshdagilar bilishni xohlaydigan 20 ta oltin qoida

20 yoshdagilar bilishni xohlaydigan 20 ta oltin qoida

20 yosh – bu yoshda xar birimizda shunday savollar tug`iladi. Biz kimmiz? Kim bo`lishni xohlaymiz? Biz xar kun bunday savollarni takror va takror o`zimizga beramiz.  Ulg`ayganda omadli va ishbilarmon inson bo`lish uchun aynan xozirdan, 20 yoshdan boshlab ayrim qoidalarga amal qilib, zamonaviy davrda real bo`lgan narsalar xaqida tassavurga ega bo`ling.  Ushbu oltin qoidalarga amal qilng.

  1. Boshqalarga bog`liq bo`lmaslik va baxtli bo`lish uchun – mustaqil o`qib bilimingizni va tajribangizni oshiring.
  2. To`g`ri xulqingiz orqali xurmat qozoning.
  3. Qancha ko`p o`qish imkoniyatiga ega bo`lsangiz, shuncha yaxshi. Siz bir xafta ichida 1ta kitobni bemalol o`qishingiz mumkin.
  4. Xamma bilan munosabat qilishga xarakat qiling. Sizga qandaydir fazilati yoki qobiliyati yoqadi insonlarni toping, ular bilan o`z fikrlaringizni bo`lishing.
  5. Vaqtingizni behuda sarflamang.
  6. Munosabat vaqtida ayrim insonlarning xatti xarakati, yomon xulqi sizni xoyron qoldirsa, ular bilan munosabatni uzing.
  7. O`zingizdan katta yoshdagilar bilan ko`proq munosabat qilishga xarakat qiling. Xayotingizda muhim qaror qabul qilishda, sizga o`z tengdoshlaringiz unchali yordam bera olmaydi. Yoshi kattalarda esa tajriba bor. Shuning uchun ular bilan maslaxatlashing.
  8. O`zingizdan iqtidorli va tajribali insonlarni qidiring. U bilan ko`proq vaqt o`tkazing. U inson bilang teng bo`lishga xarakat qilmang.  Eng muhimi mulohazali, ko`ngilchan, idrokli, o`quvli  bo`ling.
  9. Vaqt o`tishi bilan siz konservativ ya`ni, eski fikrlarga yopishib qolasiz. Bu oddiy fakt. Atrofdagi insonlarning fikrlari sizni asossiz o`rab oladi. Ular xuddi sovun pufakchalarga o`xshaydi. Ko`rinishi chiroyli, ammo bu pufakchalar uzoq saqlanib qolmaydi. Shunday ekan o`z fikringizda va ko`zlagan maqsadingizda maxkam turing. Yagni g`oyalarni amalda qo`llang.
  10. Xarajatlaringizni maksimum kamaytiring. Sababi siz tejagagan pulingizni yuqorida aytib o`tilgan yangi g`oyalarinigzni amalda bajarish uchun sarflang.
  11. Yangi orzular va yangi maqsadlar qo`ying. Boshqacha qilib aytganda nafaqat yangi telefon balki Parijga borishni orzau qiling. Tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, bunday yashash tarzi inson xayotini o`zgartiradi.
  12. Agarda siz muxtojlikda yashayotgan bo`lsangiz, pul bilan bo`lgan muammolaringizni xal qiling. Agarda internetdan foydalansangiz, interet roqali ayrim narsalarni arzon narxda xarid qiling. Xar oylik daromadingizni tejab ishlating. Agarda siz oylikdan oylikgacha yashayotgan bo`lsangiz, buni ikki xaftaga ko`paytiring. Keyin esa bir oyga ko`paytiring.
  13. Rejalashtirishni o`rganing. Bu mantiqiy fikrlashni, xotira va fantaziyani rivojlantiradi.
  14. Yoshligingizda vazningizni ortiqcha oshirmang. Sababi sizdagi ortiqcha vazn sizning xarakatingizga ta`sir qiladi.
  15. Ovqat tayyorlashni o`rganing. Bu sizning xayotingizni soddalashtiradi. Kafedagi qimmat kechgi ovqatdan uydagi mazali va arzon kechgi ovqat yaxshiroqdir.
  16. Me`yorida uxlab dam oling. Agar siz uxlashga vaqt yo`q deb, kam uxlayotgan bo`lsangiz, men sizlarga aytaman bu samarili natijalarga olib kelmaydi.
  17. Fikrlaringizni va rejalaringizni yon daftarchangizga yozing. O`z xotirangiz va aqlingizga ishonmang. Ishingizni aynan bugun qilish kerakgacha olib kelmang. Oldindan rejalashtiring.
  18. O`zingizga katta maqsad qo`ying va vaziyatlar sizga yordam berishiga yo`l qo`yib bering. Agar siz uni belgilab olmasangiz, albatta, biron nima sodir bo`ladi, biroq siz maqsad qo`ysangiz, unda ko`proq narsa amalga oshadi.
  19. Biron bir sohaning mutaxassisi bo`ling. Ish uchun 5 yil sarflang. Agar keyinchalik sohangizni o`zgartirmoqchi bo`lsangiz-olg`a. Lekin biron nimani albatta tanlab oling.
  20. Odamlarni o`zgartirishga harakat qilmang. Yaxshisi, ahloqli insonlarni izlab toping.
Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. madina

    yaxshi qoidalar ekan, ammo bazi birini amal qilish qiyin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social