Agar vaziyatni o’zgartiraolmasang, unga bo’lgan munosabatingni o’zgartirishga harakat qil!

Agar vaziyatni o’zgartiraolmasang, unga bo’lgan munosabatingni o’zgartirishga harakat qil!

Bir qari ayol bor edi va u doim yig’lar edi. Uning to’ng’ich qizi soyabon sotuvchi savdogarga, yosh qizi esa ugra sotuvchi savdogarga turmushga chiqdi.

Qari ayol havo yaxshi va kun quyoshli bo’lganini ko’rgach, u xafa bo’lar edi va “Qanday yomon! Ob-havo yaxshi, do’konda qizimdan hech kim yomg’irga soyabon sotib olmaydi! Nima qilay?” – deb o’ylar edi.

Ob-havo yomon va yomg’irli bo’lganda ham yig’lar edi, bu safar yosh qizi uchun – “Agar ugra quyoshda quritilmasa, kenja qizim uni sota olmaydi va bu yaxshi bo’lmaydi…” – deb yig’lar edi.

Shunday qilib u har kungi havo sharoitida to’ng’ich qizi va yosh qizi uchun achinar edi. Bir kuni u dono kishini uchratib qoldi va u kishi nima uchun azob chekayotgani haqida so’radi. Qari ayol barcha qayg’ularini gapirib berdi, lekin dono kishi faqatgina jilmayib qo’ydi va dedi:

Faqat fikringizni o’zgartirishga harakat qiling, siz baribir ob-havoni o’zgartiraolmaysiz. Quyosh porlab turganda, to’ng’ich qizingizni soyaboni haqida o’ylamang, aksincha yosh qizingizning ugrasi haqida o’ylang.  “Quyosh porlab turibdi! Kenja qizimning ugrasi quriydi va savdo muvaffaqiyatli bo’ladi”.

Yomg’ir bo’lganda esa to’ng’ich qizingizning soyaboni haqida o’ylang: “Mana yomg’ir yog’di! Endi soyabonlar yaxshi sotiladi”.

Ayol bu maslahatlardan juda baxtli bo’ldi, dono kishiga minnatdorchilik bildirib va uning tavsiyalari asosida harakat qilishni boshladi. Shundan beri u hech qayg’uga tushmadi va doimo qizlari uchun hursand.

[dt_divider style=”thick” /]

Xulosa: Agar vaziyatni o’zgartiraolmasang, unga bo’lgan munosabatingni o’zgartirishga harakat qil! Narsalarga boshqacha nazar solish kerak va hayot boshqa yo’nalishda oqib boradi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social