Ayollar: Men erkaklarni nima uchun hurmat qilaman?

Ayollar: Men erkaklarni nima uchun hurmat qilaman?

Ular hayotni qiziqroq qilishadi, qo`llarini uzatishadi, eshiklarni ochishadi, shokolad va ko`ylaklarni olib berishadi. Ular bizni ishdan kutib olishadi. Ular jasurdur.

Ular, “gap bo`lishi mumkin emas”, “muammo yo`q” deb aytishadi va rostdan ham muammolari yo`q. Ular bizni mehmondan olib kelgani kelishadi, uyga olib kelishadi va adyol bilan yopishadi. Ular bizni makiyajsiz (bo`yanmagan holatda) yaxshi ko`rishadi va hatto bizni qo`llarida ko`tarishadi. Ular ota bo`lishadi va farzandlarimizga o`z familiyasini berishadi. Ular bizni himoya qilishadi.

Ularning gaplari hatti-harakatlari bilan to`g`ri keladi. Ular bizdan ko`ra hammasini yaxshi bilishadi. Ularga doim qaerdaligimiz juda qiziq. Ular bizning injiqliklarimizga chidashadi va hatto o`z do`stlariga “uning harakteri yaxshi emas” deb ham aytishadi. Ular bizni kechirishadi, ammo bizlar, e`tibor bersangiz, ularni kechirmaymiz… Ular kuchli!

Men erkaklarni hurmat qilaman. Faqat erkaklarni, erkak jinsida bo`lganlarni emas.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. dilshod

    Ayollar bizani biz ulani hurmat qilganimiz uchun hurmat qiliwsa kereda chunki hurmat qilgan hurmat topadi deyiwadiku

  2. Sardorbek

    Ayollarni yomon sõksa yo ursa bezdirib qòyiwimiz bizdan kòngli qoliwi ham mumkinmi? Yani sevgan qizimiz

  3. Sardorbek

    Ayollarni yomon sõksa yo ursa bezdirib qòyiwimiz bizdan kòngli qoliwi ham mumkinmi? Yani sevgan qizimiz javob
    Bering iltimos

  4. Sardorbek

    Ayollarni yomon sõksa yo ursa bezdirib qòyiwimiz bizdan kòngli qoliwi ham mumkinmi? Yani sevgan qizimiz javob lekin men cin yurakdan sevaman u ham menu sevadi faqat asabimni jilovlab ololmiman kõp sõkaman bazi payt uraman ham mendan kõngli qoliwi mumkinmi wunga javob berilar

  5. Fazo.tv

    Salom Sardorbek,
    Albatta, so’kish va qo’l ko’tarish nafaqat ayollar va erkaklarga, qolaversa hayvonlarga ham yoqmasa kerak deb o’ylayman. Eng avvalo, biron kimga qattiq gapirishdan yoki qo’l ko’tarishdan oldin, o’zingizni o’sha odam o’rniga qo’yib ko’ring. Har bir so’kinish yoki qo’l ko’tarish, bu past odamlarning sifati va xudbinlikning o’zginasi deb o’ylayman. Odamzod munosabat bilan hayotdir, agar munosabatni mustahkamlab borilmasa, uning buzilishi muqarrar. Siz o’z g’ururingiz yoki boshqa sabablar bilan o’sha odamga qattiq gapirasiz yoki qo’l ko’tarasiz, xo’sh keyinchi? Keyin siz xudbinligingizni qondirib, o’zingiz bilan fahrlanib, g’alaba nigohingiz bilan buzilgan munosabatlar xarobasida tikkayib turasiz. Aytingchi, bu yaxshi munosabatlarning oqibatimi? Yo’q, aslo! Yaxshi munosabat sevgidan kelib chiqadi. Sevgida hech qanday xudbinlikka o’rin yo’q. Sevgi olishni emas, berishni ko’zda tutadi. Sevish degani, o’zingizdan voz kechib, sevgan inson uchun har kuni o’lish deganidir. O’zingiz ustingizda ishlang, Xudo bilan birga yashasangiz, unda buni uddalaysiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social