Baxtli bo’lishingni xohlayman…

Baxtli bo’lishingni xohlayman…

Uzoq bir shaharda chiroyli qiz yashagan ekan.

Bir kuni ertalab uyg’onib, qiz o’z tushi esiga keldi. Uning oldiga Farishta kelib, shunday degan edi:

– Men baxtli bo’lishingni xohlar edim. Sen uchun nima qilishim mumkin?

– Shunday qilginki yigitim meni sevib qolsin, biz katta uy sotib olaylik va bizda ikki farzand qiz va o’g’il bo’lsin – dedi qiz.

Vaqt o’tib, uning yigit qizning qo’lini so’radi. Ko’p vaqt o’tmay ular turmush qurushdi va katta uy ham sotib olishdi. Barchasi qiz so’ragandek bo’ldi.

Oradan ancha vaqt o’tib, u eri bilan ajrashib ketdi, farzand ham ko’rolmadilar, uyni esa sotishdi.

Qiz tushlarining birida yana farishtani ko’rdi va so’radi:

– Nima uchun orzularimni ro’yobga chiqarmading?

– Nima uchun? Chunki sen mening yagona tilagimni bajarmading. Sen baxtli bo’lolmading!

Xulosa: Hayot senga istagan narsangni berishi mumkin, ammo olgan narsaga minnatdor bo’lib va uni saqlab qolish bu sening harakatingdir!

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Salimjon

    Mana sanga hikoya! Gap yo’q. Biza yaxshi narsalaga juda o’rganib qolganmiz. Ulani tabiiy ravishda kelishi kerak bo’gan narsadek kutib o’tiramiz. Baxtli bo’lish manimcha bu mehnat. Baxtli bo’lish uchun har kuni kurashish kerak. Og’zini ochib o’tirishdan foyda yoq. Va eng muhimi har bir kunimizda Xudo bergan barcha narsaga shukr aytishimiz kerak. Unday qilmasak, noshukr banda bo’lamiz qo’yamiz. Hikoya qisqa, lekin juda mazmunli. Rahmat.

  2. Bobur

    fikrlaringizga qo’shilaman, bahtli bo’lish uchun inson har doyim mehnat qilishi lozim, o’z ustida ishlashi kerak, oson yo’l bilan keladigan narsalar qanday kegan bo’lsa shunday ketadi, kelib ketganini bilmay ham qolasan, mehnat bilan erishgan narsalar esa qadrli bo’ladi, ishoning bu meni shahsiy tajribamdan, maqola esa qisqa va ma’noli ekan!

  3. Salimjon

    Yaxshi bo’libdi. Hamfikr do’stlar topilganidan hursandman. Habarimga diqqat e’tiboringizni qaratganingiz uchun minnatdorman.

  4. Fazo.tv

    Sizga yoqqan bo’lsa biz bundan hursandmiz! Fikr bildirib o’tganingiz uchun minnatdormiz! Siz qanday qilib har kuni Xudoga shukur aytasiz?

  5. Salimjon

    Xudoga shukr aytishni o’rganmoqchi bo’lsangiz Xudoni o’zidan so’rash kerak deb o’ylayman. Men faqat noshukr bo’lmaslikdan qo’rqaman. Xudo eng yaxshi hayot ustozi deb bilaman. Hikoyangiz uchun rahmat.

  6. Fazo.tv

    Tushunarli, Salimjon. Savolimizga javob berib, o’z hayotingizdan bo’lishganingiz uchun rahmat!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social