Beg’uborlikning 7 Sharqona qoidalari…

Beg’uborlikning 7 Sharqona qoidalari…

Sharq falsafasi o’z donoligi bilan ko’plarini hayratda qoldiradi. Gap poklik haqida ketsa, u nafaqat tana pokligi haqida, balki yurak, fikrlar va harakatlarning pokligi uchun ham mo`ljallangan. Bu har bir inson uchun juda muhim bo’lishi kerak, chunki qancha inson ichidan pok bo’lsa – shuncha u baxtli bo’ladi.

Ushbu 7 Sharqona qoidalar har birimiz uchun foydali bo’ladi.

  • “Qo’llar Tozaligi” – bu degani ortig’ini olmaslik. Boshqa shaxs evaziga pul ishlash yaxshi emas. Agarda pul sizga tegishli bo’lmasa va siz ularni yolg’on bilan erishgan bo’lsangiz, ular tanangizdagi va hayotingizda muammolar va parazitlarning sababi bo’ladi.
  • “Quloqlar Tozaligi” – degani g’azablangan va qo’rqib yurgan insonlarni eshitish kerak emas, shuningdek, g’iybat va behuda gaplardan quloqlarni himoya qilish degan ma’noni anglatadi.
  • “Ko’zlar Tozaligi” – hasad va shahvat bilan ko’zlaringizni iflos qilmang, hamda zo’ravonlik va shafqatsizlik sahnalaridan ko’zlaringizni asrang. Nigohingizni tozalikda saqlang, ushbu dunyo mukammalligini va uning rangdagi ko’rkuni kuzating.
  • “Og’iz Tozaligi” – og’zingizni keraksiz gaplar va yomon so’zlar bilan iflos qilmang. Sizning yomon nutqingiz tanangizni va hayotingizni iflos qilishi mumkinligini esda tuting.
  • “Tana va kiyim-kechak Tozaligi” – toza tanani va kiyimni saqlashni anglatadi. O’z ko’rinishingizga e’tibor bering. O’z ko’rinishingizdan mamnun bo’lmoqchi bo’lsangiz, shunda o’zingizga g’amxo’rlik qiling.
  • “Fikrlar Tozaligi” – barcha o’zingiz haqingizdagi salbiy va noxush fikrlar – bu kerak bo’lmagan manosiz fikrlarni anglatadi. Ulardan kutiling, ijobiy va sog’lom g’oyalarni qurish fikrlariga joy bering.
  • “Jon va qalb Tozaligi” – Sizning joningiz – bu sizda bo’lgan eng sof va pok narsa. Uning istaklarini e’tiborsiz qoldirmang. Agar uning ko’rsatmalariga amal qilsangiz, u holda siz uchun eng qulay yo’l ochiladi. Seving va evaziga hech narsa so’ramang. Sevgi bu baxtning o’zidir.
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social