Bir so’z bilan shikast yetkazish mumkin, bir so’z bilan davolash ham mumkin

Bir so’z bilan shikast yetkazish mumkin, bir so’z bilan davolash ham mumkin

Ko’p jihatdan, bizning sevgimiz so’zsiz bayon bo’ladi, lekin asosi har doim munosabat bo’lgan va bo’ladi. So’zlarimiz hayotimizni belgilaydi. Bir so’z bilan shikast yetkazish va bir so’z bilan davolash ham mumkin. Shuning uchun yaqin insonningizga, unga nisabatan nima his qilasiz va qancha u sizga qadrli ekanini aytish qanchalik muhim. Bunday so’zlarni eshitish hammaga ham yoqimli bo’lsa kerak – bu narsa quvonch beradi, o’z-o’ziga hurmatni oshiradi, munosabatlarni mustahkamlaydi va ishonchni hosil qiladi.

Hammasi bolalikdan boshlanadi. Bolaga bunday so’zlarni ayting, va siz uni sevishga,  sevimli bo’lishga, ko’proq o’ziga ishonchli bo’lishga va boshqalarga barqarorlikni berishga, quloq solishni va eshitishni, berish va qabul qilish, hayotdan zavq olish va boshqalarni hursand qilish, qadrlash va shukr qilishni o’rgatasiz. Shuning uchun, psixologlar tavsiya qiladilar: bolangizga imkon qadar tezroq …

..shunday gaplarni gapiring:

  1. “Men seni yaxshi ko’raman”.
  2. “Nima bo’lishidan qat’iy nazar, men seni yaxshi ko’raman”
  3. “Hatto, sen mendan g’azablansang ham, men seni yaxshi ko’raman.”
  4. “Hatto, men sendan g’azablanganimda ham, men seni yaxshi ko’raman”
  5. “Hatto, sen uzoqda bo’lsang ham, men seni yaxshi ko’raman. Mening sevgim doim sen bilan”
  6. “Dunyodagi biron bir bolani tanlab olish imkoniyat bo’lganda ham, men seni tanlar edim”.
  7. “Men seni oygacha, yulduzlargacha sevaman”.
  8. “Rahmat”.
  9. “Bugun sen bilan o’ynash menga yoqdi”.
  10. “Kunning eng sevimli xotirasi – bu biz birgalikda ishlaganimizdir.”

0047

Gapirib bering:

  1. Ularning tug’ilish yoki asrab olinish tarixi.
  2. Kichkinaligida ularga qanday g’amxo’rlik qilganingiz haqida.
  3. Ismlarini qanday tanlaganingiz haqida.
  4. Ularning yoshlarida o’zingiz qanday bo’lganligingiz haqida.
  5. Ota-bobosi va bobolari qanday uchrashganligi haqida.
  6. Sizning sevimli ranglaringiz haqida.
  7. Ba’zan siz uchun ham nima qiyin bo’lgani haqida.
  8. Agar qo’lni ushlab, uni 3 marta siqsangiz, bu maxfiy kod “Men seni sevaman” anglatishi haqida.
  9. Sizning rejangiz haqida.
  10. Siz hozir nima qilayotganingiz haqida.

Tinglang:

  1. Farzandingizni mashinada.
  2. Farzandingiz o’yinchoqlari haqida nima deydi va bu u uchun qanchalik muhimligini o’ylab ko’ring.
  3. Bolani qiziqtirgan savolni.
  4. Sabringiz ruhsat berganidan bir soniya ko’proq vaqt eshiting.
  5. Bolaning so’zlari ortida turgan hissiyotlarni tinglang.

0048

So’rang:

  1. “Nima deb o’ylaysan? nima uchun bu sodir bo’ldi?”
  2. “Sen nima deb o’ylaysiz, agar …?”
  3. “Qanday qilib bilib olamiz?”
  4. “Sen nimani o’ylayapsan?”
  5. “Kun uchun eng yoqimli xotirang nima?”

Ko’rsating:

  1. Biror narsani taqiqlash o’rniga qanday qilib to’g’ri qilish kerakligini.
  2. Ovqatni qanday tayyorlash kerak.
  3. Qanday qilib kiyimni taxlash kerak.
  4. Javobni bilmasa, qanday va qayerda ma’lumotni topish mumkin.
  5. Ikkinchi yarmingizga munosabatingizni.
  6. O’zingizga to’g’ri g’amxo’rlik qilishni.

0049

Vaqt ajrating:

  1. Qurilish maydonlarini tomosha qilish.
  2. Parkdagi qushlarni tomosha qilish va tinglash.
  3. Sizning bolangiz ovqat tayyorlash yordam berishiga.
  4. Bir joyga birga borish uchun.
  5. Farzandingiz tezligida vazifalarni bajarish.
  6. Siz o’ynayotgan paytda farzandingiz bilan o’tirishga to’g’ri keladi.

Farzandingizni xursand qiling:

  1. Syurpriz tayyorlab va uni xonasiga qo’ying.
  2. Shokoladni nonushtaga qo’shing.
  3. Ovqatni hayratlanarli va kulgili shaklga soling.
  4. U bilan yerda o’ynang.

Bering:

  1. Muloyim ko’zlar bilan bolaga qarang.
  2. Bolangiz xonaga kirganda tabassum qiling.
  3. Farzandingiz sizga teginsa, javob qaytaring.
  4. Yordam qilishdan oldin, uni norozilikni (g’azab, nafrat) o’zi xal qilshiga imkoniyat bering.

0051

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social