Bola kabi bo`ling

Bola kabi bo`ling

Barchaga ma`lumki, biz kattalar bolalarni o`rgatishimiz va tarbiya qilishimiz kerak. Ammo agarda bolalarga e`tibor berib qarasangiz, biz ham ulardan ko`plab narsalarni o`rganishimiz mumkin ekanligini tushunasiz.

Bolalar kuni bo`yi harakatda bo`lishadi. Uyg`onish vaqtidan boshlab to uyquga ketguncha bir nimalar qilishadi. Ular bir stulda o`tirishmaydi, chunki o`tirishdan ko`ra erda maza qilib yursa bo`ladi. Ular to`g`ri yurishmaydi, chunki yugirish mumkin. Bolalarda o`rnak olsa bo`ladimi? – Albatta, sen ham harakatda bo`l, faol bo`l!

Bolalar ovqatni bo`kib tanavvul qilishmaydi, albatta kattalar majburlamasa. Kattalar ham o`z tanasini his qilishlari, asrashi va vaqtida to`xtatishi kerak.

Bolalar o`z tanasini tushunadi. Bolalar kiyimsiz yurishni yoqtirishadi, o`z tanasidan uyalmaydi. Ko`plab kattalar esa o`z tanasidan norozi bo`lishadi va doim o`zgalarni tanqid qilishadi. Javobgarlikni his et va o`z tanangni sevishni boshla!

Bolalar juda egiluvchan. Bolalar plastilin kabi, egilib va bukiladi. Katta bo`lib biz o`zimizning egiluvchanligimizni yo`qotamiz, chunki egilish uchun mashqlarni qilmaymiz. Shuning uchun badantarbiya bilan shug`ullan yoki shunchaki oddiy egiluvchan mashqlarni qil. Sport sog`liq garovidir.

Bolalar samimiy. Bolalar doim o`ylaganini to`g`ri gapiradi. Ular samimiy o`z xis-tuyg`ularini ko`rsatishadi, ularni bekitishmaydi. Ular xursand bo`lsalar, kulishadi, xafa bo`lganda, yig`lashadi. Bizga doim ularning tuyg`ulari tushunarli bo`ladi. Ammo sen o`zing yoki atrofdagilar haqida shunday deya olasanmi?

Bolalar kichkina narsaga hursand bo`lishadi. Ularga nima bilan o`ynash – qimmat komp`yuter, to`p bilan yoki  boshqa bo`ladimi bu  muxim emas. Ularga hamma narsa qiziq, ular quvonchga va optimizmga to`la. Kattalar esa qimmat o`yinchoqlarni yaxshi ko`radi va oddiy narsalarga xursand bo`lmaydi.

Bolalar sodda. Bolalar osonlik bilan xafa bo`lishi mumkin, ammo yomon kayfiyat ularda uzoq turmaydi va bir pastdan so`ng ular o`yinlarida davom etadilar. Kattalar esa xafagarchilikni va g`azabni yillab saqlashadi. Xafagarchilikni va g`azabni qo`yib yuborishni bolalardan o`rgansak nima bo`ladi? Balkim hayotda kamroq stresga va baxtga to`laroq bo`larmidik!?

Bolalar dam olishni bilishadi. Bolalar stolda ovqatlaganda yoki o`yinchoqlarni o`ynaganda uxlab qolishlari mumkin. Ular qaerda ularda kuch tugaydi va ular dam olib yangi kuchga to`lishlari kerakligini aniq bilishadi. Kattalar esa ba`zida charchoqni sezishni xohlashmaydi, to`xtashni va kuch yig`ishni bilmaydi.

Bolalar dunyoga boshqacha qarashadi. Bolalar uchun har kun – bu yangi kundir. Ular mayda narsalarga kattalar e`tiborsiz qoldirganlarga e`tibor berishadi. Agarda dunyoga bola ko`zlari bilan qarasang, senga dunyo boshqacha yangi ranglarda ochiladi.

Shuning uchun aziz do`stim, ba`zida bola kabi bo`lish sen uchun katta yordam bo`ladi!

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. омад

    базида акам билан ўришсам онам ўришади бизани: бола каби булмаларин деб! аммо шунга этибор бердимки шу вактда мен ростанам жуда хурсанд буламан, хазил килб, кулиб уришамиз )))

  2. Kozim

    Bola kabi bo’lish yaxshi. Men ham boladek hursand bo’lishni istardim. Yaxshi mavzuni ko’taribsizlar.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social