Bola tarbiyasi

Bola tarbiyasi

Tarbiya va oila bular egizak so`zlar. Axir tarbiya oiladan boshlanadi-da. yigit va qiz turmush qurgach qanchadir vaqt o`tib, farzand dunyoga keladi. Er-xotin farzandga birday g`amxo`rlik qilishadi. Ular farzandga bir xil tarbiya berishlari kerak. Ular tarbiya masalasida bir yo`lni topishlari kerak buladi. Axir ikkalasi ham ikki xil oilada ikki xil tarbiya topgan insonlar. Ota-onalarning o`zlari ota-onasidan olgan tarbiyani bolalariga berishga harakat qiladi. Qush uyasida ko`rganini kiladi degan maqol bor. yigit yoki qiz turmush qurib, farzandli bo`lgach uyida ko`rgan tarbiya bo`yicha ish ko`radi. Agar chaqaloqning otasi boshqacha onasi boshqacha tarbiya bersa, o`rtada farzand qiynaladi. Bunday farzand kelajakda jur`atsiz, o`ziga ishona olmaydigan, beqaror bo`lib voyaga etadi. Shuning uchun ota-onalar bitta yo`lni tanlashlari kerak.
Bizda bir matal bor: “Bir kuni bir er-xotin farzand ko`rishibdi. Ular farzandlarini bir allomaning oldiga olib borishibdi. Ular: “Ustoz farzandimizga qachondan tarbiya bersak bo`ladi” – deb so`rashibdi. Alloma chaqaloqning ota-onasidan: “Qachon tug`ildi?” – deb so`rabdi. “Uch kun bo`ldi” – deb javob qilishibdi. Shunda alloma: “Uch kunga kechikibsizlar. Bolangiz tug`ilgani hamono tarbiya berishni boshlashingiz kerak edi” – debdi.  Shundan ko`rinib turibdiki bolaga tarbiya berishni hech ham kechiktirib bo`lmaydi. Hatto qadim zamonlarda ham bola tarbiyasiga katta e`tibor berishgan. O`g`il farzand bo`lsa, uni mohir chavondoz, mard jangchi va kuchli oila boshlig`i qilib tarbiya qilishgan. Ularga hayot uchun nima kerak bo`lsa hammasini yoshliklaridan o`rgatishgan. Agar qiz farzand bo`lsa, uni itoatkor rafiqa bo`lishga, jasoratli ayol va yaxshi beka bo`lishga o`rgatishgan.

Siz nima deb o`ylaysiz bolaga qachondan tarbiya berishni boshlash kerak? Bolalar juda ayyor bo`ladilar. Har qanday xolatda ham o`zlari xohlagan narsasiga erishishga harakat qilishadi. Bolangiz so`zlaringizni tushuna boshlagan paytdan boshlab tarbiya berishni boshlash kerak.

Siz nima eksangiz shuni o`rasiz. Bolangizga bergan tarbiyangiz uning kelajakda qanday odam bo`lishini ta`minlaydi. Farzandingizning yaxshi odam bo`lishini xohlasangiz unga yaxshi tarbiya berishga harakat qiling. Bolangiz yosh bo`lganida uning tarbiyasi ustida qancha ko`p mehnat qilsangiz, kelajakda uning yaxshi samarasini ko`rasiz. Menimcha shuning uchun ham juda ko`p davlatlarda yosh bolasi bor ayollarga maxsus ta`til berilishi ham bejiz emas. Ona bolasining yonida qancha ko`p bo`lsa, bolaning bag`ri butun bo`ladi.

Bolaning yurish turishi uning qanday oilada tarbiyalanayotganini bildiradi. Bola ko`zguga o`xshaydi. Uning odob-axloqidan ota-onasining qanday insonlar ekanini bilish mumkin. Bola oilada yaxshi tarbiya ko`rsa, kelajakda uning yaxshi ish topishiga, atrofidagi hamkasblari bilan munosabatlariga bir oilaning boshlig`i (bekasi) bo`lishiga sabab bo`ladi. Bolaning otasi o`z rafiqasiga qanday munosabatda bo`lsa, o`g`il ham katta bo`lib, o`z rafiqasiga shunday munosabatda bo`ladi. Yoki rafiqa oila boshlig`iga qanday munosabatda bo`lsa, qiz ham ulg`aygach, o`z turmush o`rtog`iga shunday munosabatda bo`ladi.

Sizning ham o`z oilangiz va farzandlaringiz bor. Siz tarbiya berishning eng yaxshi yo`lini topgansiz deb o`ylaymiz. O`z fikrlaringizni bildiring!

Kommentlar: 26 komment. 26 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. _5555_

    шу мавзу муаллифига уз миннатдорчилигимни билдираман. жуда яхши мавзуни оммага кутарибсиз. хакикатдан хам фарзанд бу оила, яни ота ва онанинг кузгуси. оиладаги мухут бола тарибиясига жуда катта таъсир килади. шунинг учун оиладаги мухит яхши булиши керак.

  2. Лола

    Манимча оилада ота билан она болага бошка бошка тарбия бераолмайди. Улар турмуш куришганда уларни бирлаштирадиган бир бириникига ухшаш жихатлари, феъл атворлари булади. Ман бу билан мутлако унака оила йук демокчи эмасман, бор, лекин жуда кам

  3. Шокир

    Лолахон, сиз қандай оилада катта бўлгансиз? Оилада мухит ва тарбия бериш қандай бўлган? Рахмат.

  4. Davlat

    Masalan bizning oilada tarbiya unchalik bo’lmagan. Chunki dadam biz bilan deyarli vaqt o’tkazmas edi. Qimmat qimmat sovg’alar olib berardilar. Lekin bolalar uchun eng muhimi ota-onaning yonida bo’lishi, birga vaqt o’tkazishi, birga o’yinlar o’ynashi muhimroq. Menga masalan aynan shu narsa etishmagan. Aynan ota mehriga zor bo’lganman.

  5. Номаълум

    Мавзуга жуда чиройли сурат танлабсизлар!

  6. Rams

    Ha to’g’ri aytibsiz, nima eksang o’shani o’rasan.

  7. Номаълум

    Qush uyasida ko’rganini qiladi degan gap t’g’ri.

  8. Naf-naf

    Bolalarga yahshi tarbia berasan. Leking ular biroz katta bo’laganidam keyin yomon do’stlarga qo’shilib qolsa hammasi rasvo bo’ladi. Hamma bergan tarbiyangiz befoyda bo’lib qoladi. Kimbilsin balki shunday tarbiya berishkerakki bolalar o’zlariga maqul do’stlarni tanlashi kerak. Hikoya juda yahsi.

  9. yulduz

    endi oylada bolaga tarbiyani ota va ona baravar berishi kerak. va xech kachon aytish kerak emas: xotin borib qiziz bilan gaplashib kuying! chunki qizlar xam otalik mehriga va sevgiga muhtoj. agarda bolalikda qizlar shu kerak sevgini otasidan olmasalar,ular bu sevgini boshqa yigitlardan qidirishni boshlaydilar. ota-ona tarbiyasi o’z me’orida bulishi kerak, tarbiyalshni tog’ri belgilash kerak, ota-ona orasida.

  10. sanjar

    endi xammamiz deymiz, shunday tarbiya berish kerak, yoki bunday. uyliman xamma yoshlarda (uylanmaganlar va turmushga chikmaganlar) o’z tarbiyasin namunasi bor. shunday vaqt kelib qolsa, aytib utgan gaplarimizni unutmaslik kerak, agarda bolalikdan tog’ri bolaga tarbiya berilsa, kelajakda u ko’p muvaffaqiyatga erishadi!

  11. мадина

    sanjar айтиб утган гапларизга кушиламан, чунки болаликда ота-она боласида берган тарбияси хам, болалинг келажакга хам тасир булади.

  12. Diyora

    salom… xa gaplaringiz mutlaqo togri…. lekin xozir xama bolasini 2 yoki 3 oylikdan boshlab nyankalaga berib o’zlari ishga tushib ketishvot…. bazilari majburlikdan bolsa, bazilari koproq pul topish, koproq kochada yurish bob qogan

  13. Номаълум

    Diyora ха гапларингиз мутлако тугри, албатта бир хил пайтларда ёрдам керак. лекин уйлиман бола тарбиясини ота-она хам унутмаслиги керак, чунки нянка хар доим булмайдику, ва ким билади канака тарбия нянка беради?

  14. а

    Бир одам донишманддан сурабди – “Мани углим бор, у яхши инсон булиб етишиш учун кандай тарбия беришим керак дебди”. шунда донишманд уша одамдан сурабди – “углингиз нечи ёшда?”. “Углимга беш ёш тулди” дебди. донишманд “сиз кечингдингиз” деб жавоб берибди

  15. Номаълум

    мавзуга гап йу, айникса видео! манимча хар бир ота ёки она бу видеони куриб уз хатти харакатлари устидан бир уйлаб курсалар кере

  16. shakur

    xa mavzu yomon emas!

  17. Gulnoz

    Hammaga farzandli bolib yahshi tarbiya berib voyaga yetkazish nasib qilsin mavzuga gap yo omad

  18. narmalni bolsanci

    lola

  19. nomalum

    lola siz hahsi tarbiya omagan ekansiz

  20. Madina

    Qizim 2 yarim yoshda.Juda erkatoy bolib qolgan.Uyimizdagi kattalar juda ko’p erkalatib aytganini qiladi.Men qanaqa qilib qizimga tarbiya bera olaman bunday vaziyatda.

  21. Madina

    Qizim 2 yarim yoshda.Juda erkatoy bolib qolgan.Uyimizdagi kattalar juda ko’p erkalatib aytganini qiladi.Men qanaqa qilib qizimga tarbiya bera olaman bunday vaziyatda.Maslahat beringlar

  22. Madina

    Qanday qilib 2 yoshli bolalarni tarbiya qilish mumkin.

  23. Madina

    Qizim juda erkatoy.Uydagi kattalar judayam kop erkalatadi.O’zim talabaman.U bilan vaqtim kamroq o’tadi.Aytganini qilmasak juda qattiq yiġlab uyni boshiga kotaradi.

  24. Madina

    Uydagi kattalar judayam kop erkalatadi.O’zim talabaman.U bilan vaqtim kamroq o’tadi.Aytganini qilmasak juda qattiq yiġlab uyni boshiga kotaradi.

  25. ZEBO

    Qizim 2 yoshda juda erkatoy tarbiyasida qiynalayapman . Hatto garshokka utirishdan bosh tortadi. urushmayman urmayman ham yaxshi gap bn tushuntiraman tushunmaydi hatto sutdan ajrataman desam ovqat yemay quydi. sorry nima maslahat berasizlar. juda qiyin ahvoldaman/.

  26. Jovoxir

    Bola tarbiyasi ko’proq onaga bog’liq chungi erkak odam kochada deydilar kun boyi bola onasi bn uydaqu.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social