Bolalarda o`z-o`ziga baho berishni o`stirish (davomi)

Bolalarda o`z-o`ziga baho berishni o`stirish (davomi)

Bolalardagi o`zini-o`zi baholash xususiyatnini yaratishga qaratilgan omillar:

Eng muhim bir omil – bu farzandingizga hech qanday shartsiz sevgi bag`ishlashdir. Sizning zimmangizga ota-ona sifatida yuklatilgan juda muhim vazifa bu – bolani sevish va unga haqiqiy g`amxo`rlik ko`rsatishdir. Bu farzandingizda (qizmi yo o`g`ilmi qat`iy nazar) himoyalanganlik, xavfsizlik, tegishli madad hissini tarbiyalaydi. Bolangizga uning qilgan ishlari uchun emas, balki qanday bo`lsa shunday sevishingizni bildiring. Ayniqsa ular sizga ayni paytda mutlaqo xush kelmaydigan ish qilsalar ham.

Masalan, giyoh yo spirt ichimligi, yo tamaki iste`mol qilsa, yoki o`zini yomon tutsa ham, siz uni sevishingizni bilishi kerak. Ushbu ota-onalik mehrini biron bir vaziyat, hodisa, holat yo`q qila olmaganini, bolalarni kamroq sevishga hech narsa, hattoki, sizga yoqmay turgan, ularning xulq‑atvori, HADDI‑HARAKATI ham sabab bo`la olmasligini, farzandlaringizga bildiring.

Farzanlaringizni, ular tabiyatdan qanday bo`lsalar, ularni shunday qabul qiling. Albatta, bu yomon xulq-atvorni qo`llab – “Ha, bu ‑ yaxshi!” ‑ degan gap emas, hamda bu o`zgartirishi lozim bo`lgan salbiy ahloqni tan olish ma`nosini aslo bildirmaydi. Bu shunday ma`noni bildiradiki, bordiyu siz farzandingizni jismoniy madaniyat, sport sohasida muvoffaqiyatga erishishini istagan bo`lsangizu, u orzularingizni amalga oshira olmagan bo`lsa, siz uni baribir suyukli farzand deb tan olishingiz lozim.

Deylik, qizingiz siz hohlagancha aqlli, yo yoqimtoy, chiroyligina bo`lmasa, siz bu xoldan achinganingizni ko`rsatmang. Uni o`zini o`ksinish his qilishiga yo`l qo`ymang, uni qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qiling. Shuni yodingizda tutingki, Parvardigor har bir insonni O`zi istaganicha yaratgan. Shuning uchun buni o`zgartirmoqchi bo`lib urinishingizga, yo siz kutgancha bo`lishiga intilishingizga, sizning hech qanday haqqingiz yo`q. Bunday urinishlar bolangizni diliga JAROHAT keltiradi. Siz bolangizni boricha yaxshi ko`rmasangiz, uni o`zgartirishga yordam bera olmaysiz.

Bolalar ota-onasining mehr-muxabbatini, tan olishini qozonishga chin dildan intiladilar. Ular uchun bu eng muhim narsa. Shuning uchun aksariyat xollarda ular o`zlarining salbiy xulq-atvori bilan xuddi shu narsa ‑ hech qanday shartsiz mehr‑muhabbat, tan olinish ‑ ularga etishmaganligini ko`rsatmoqchi bo`ladilar. Ammo bolangiz bilan, o`zingizning mehringizni ishga solib, goh unday, goh bunday tarzda muomalada bo`lmang, birday turing. Farzandning ko`ngli doim bir narsadan to`q bo`lishi zarur, u ham bo`lsa hech bir narsa, hattoki uning salbiy xulqi, siz uni kamroq yaxshi ko`rishingizga sabab bo`la olmasligidir.

1

Ikkinchi omil – bolalaringizga ular o`zlarining ruhiy ahvollari bilan qanday kurashishlarini tushintiring. Ko`plab ota‑onalar farzandlarining ruhiy ahvollaridan qo`rqadilar. Bolalarining asabi buzilsa, o`zlari ham g`azablanadilar va bolalarini tinchlanishini talab qiladilar. Bolalarga ular o`z g`azabini ko`rsatishlarini ta`qiqlasak, unda nima bo`lishi mumkin? Ular o`sha g`azabni ichiga “yutadi”. O`shanda  g`azab bolaning qalbini osonlikcha tark etmaydi. Qalb tubiga joylashib olgan ushbu salbiy hissiyotlar, vaqti kelib, depressiya ya`ni, ruhiy tushkunlik yo emotsional muammolarning kelib chiqishiga asosiy sabab bo`ladi.

Ruhiy tushkunlik esa, giyohvadlik va ichkilikbozlikka yuz tutishning eng asosiy sababidir. Bolalarning g`azablanishi, o`zini aybdor his qilib, tushkunlikka tushishi ‑ bu nomaqul fazilat, yomon narsa deb o`rgatish o`rniga, ularga har bir shunday hissiyotlarga ega bo`lish bu ‑ normal holat, va bunday vaziyat barcha odamlarda bo`lib turishini tushintirishingiz zarur. Ularni bunday ruhiy tushkunliklar paytida ko`proq nima qilish kerakligini o`rgating. Ulardan hafa bo`lib, g`azablanishdan ko`ra, ularga o`z hissiyotlarini sog`lom tarzda ifodalashlariga yordam bering.

Farzandlaringiz bilan ularni nima qo`rquvga solishi haqida suhbatlashing. Har bir bolani, u hayotida birinchi marotaba maktabga qadam bosishida, vahima bosadi. U boshqa bolalar uni yoqtirmay qolishlaridan cho`chishi mumkin. Yomon baho olishidan qo`rqadi, yoki xunikligidan, yo unchalik kuchli bo`lmaganligidan qo`rqadi. Barcha odamlarga o`hshab, har bir bolada ham o`ziga xos qo`rquv bo`ladi.

Ota‑onalar farzandlariga ushbu qo`rquvlarni qanday kutib olish, yo bartaraf etishni o`rgatishlari zarur. Ularga shuni tushintiringki, bordiyu ular biron narsadan qo`rqaydigan bo`lsa, bu qo`rquvni u har dam his qilmaydi. Har kuni biz biron narsa tufayli o`zimizni noqulay his qilamiz. Farzandingizga uning butun fikr‑zikrini yaxshi narsalarga qaratishga yordam bering. Uning qo`rquvi haqida o`zi bilan gaplashib ko`ring, hamda haqiqatga yuz tutishiga unga dalda bo`ling va qochmaslikni maslahat bering. Aks xolda u o`z qo`rquvlaridan qochish va unitish maqsadida giyohvandlik va ichkilikbozlik yo`liga qirib ketishi mumkin. 

Sizning bolangizda o`ziga-o`zi baho berish xususiyatni tarbiyalash, bu ‑ sizlarning farzandlaringizga beraoladigan benihoyat qimmat sovg`adir. Shu bilan birga bu sizga  ota-onalik burchini a`lo tarzda bajarishga yordam beradi. Agar siz beriladigan hamma maslahatlarga rioya qilsangiz, hamda barcha bolalaringiz uchun qilinadigan ishlarni tirishqoqlik bilan bajarsangiz, siz farzandlaringiz va oilangizdagi yaqqol ko`zga tashlaniladigan ijobiy o`zgarishni guvohi bo`lasiz. 

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    voy boyy nimalani maslahat bervosla? ota onalani boshi aylanib ketadiyu

  2. nilu

    afsus bizda kamdan kam hollarda ota onalar uz farzandlariga bunday munosabatta bulishadi chunki ular uzlari yoshligida unaqa tarbiyani kurmaganlaridan keyin uzlari ham bunday tarbiyani berisholmiydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social