Butun hayotimizga ta’sir qiladigan 90/10 oddiy tamoyili

Butun hayotimizga ta’sir qiladigan 90/10 oddiy tamoyili

AQSH lik yozuvchi Stiven Coveyning aytishicha, hayotimizdagi kichkina voqealar tasodifan bo’ladi, lekin qolganlari esa bizning qarorlarimizga bog’liqdir va kunimiz qanday o’tishini faqatgina o’zimiz belgilaymiz. Bu jaroyon 90/10 deb nomlanadi va mazkur tamoyilni oddiy misol yordamida ko’rsatib berdi.

Gap shundaki, biz hayotimizdagi 10% voqealarni hech nazorat qila olmaysiz. Biz ishlatayotgan qurilmalarning buzilishidan saqlab qololmaysiz, samolyotning kech qolishini yoki svetaforning qizil chiroqlarini ham nazorat ostiga ololmaymiz. Lekin, biz shu voqealarga o’z munosabatimizni nazorat qila olamiz.

Qolgan 90% voqealar – bu voqealarga o’z munosabatlarimizning natijasidir ya’ni nazoratsiz va qiyin vaziyatdagi voqealarga ko’rsatgan munosabatlarimiz natijasidir.


Bir voqeani tasavvur qilib ko’ring

Siz oilangiz bilan nonushta qilyapsiz. Qizingiz tasodifan ustingizga bir chashka kofeni to’kib yubordi. Siz o’rningizdan turib qizingizga baqirasiz va xotiningiz chashkani stolni chetiga qo’ygani uchun urishib berasiz. Xonangizga kirib kiyimingizni almashtirasiz, qaytib chiqib nonushtasini tugatmagan va yig’lab o’tirgan qizingizni ko’rasiz.

2Natijada, qizingiz maktabga kech qoldi va xotiningiz ham ishga shoshilmoqda. Shunday qilib, qizingizni maktabga o’zingiz olib borasiz va o’z ishingizga ham yo’l tirbandligi sababli kechga qolib borasiz. Kechga qolib kelib, uyda kerakli hujjatlarni qoldirib kelganingizni tushunasiz. Shu bilan kuningiz juda yomon boshlanadi va kun davomida shu ruhda bo’ladi. Ishni zo’rg’a tugatib, uyga borasiz. Uyda esa xotiningiz va qizingizni kayfiyatsiz o’tirishgan tarzda ko’rasiz va bu narsa munosabatga katta ta’sir qiladi.


Nima uchun sizning kuningiz yomon o’tdi?

A. Chunki, qizingiz tasodifan qahva to’kib yubordi

B. Chunki, qizingiz maktabga kech qoldi va siz o’zingiz olib borishingizga to’g’ri keldi.

C. Chunki, yo’l tirband edi va ishga kech qoldingiz.

D. Chunki, siz vaziyatga noto’gri munosabatda bo’ldingiz.

To’g’ri javob – D. Siz vaziyatga bo’lgan noto’g’ri munosabatingiz bilan o’zingiz va oilangizni butun kunini rasvo qildingiz. To’g’ri, siz to’kilgan kofe bilan hech nima qila olmaysiz, lekin shu vaziyatda to’g’ri munosabat qilishingiz mumkin edi.


Hammasi boshqacha bo’lishi mumkin edi.

Kofe ustingizga to’kildi. Qizingiz yig’lashga tayyor, lekin siz – “Hechqisi yo’q, lekin keyingi safar ehtiyot bo’lishga harakat qil” – deysiz. Xonangizga kirib kiyimingizni almashtirasiz, kerakli hujjatlarni olasiz. Qizingiz o’z vaqtida maktabga ketadi, xotiningiz bilan hayrlashasiz va ishga 5 daqiqa oldin yetib borib, yaxshi kayfiyatda kasbdoshlaringiz bilan salomlashasiz.

3Ikki turli hil vaziyat. Ikkalasi ham bir hil boshlandi, lekin har xillik bilan yakun topdi.  Hamma gap vaziyatlarga qanday munosabat qilishdadir. Albatta, siz kimnidir ayblashingiz mumkin, lekin bu narsa haqiqatdan ham sizga yordam beradimi?

Voqea-hodisalarga to’g’ri munosabat qilishga o’rganing. Shu orqali o’z kuningiz va hayotingizni buzmaysiz. 

Agarda yo’lda kimdir sizni mashinada quvib o’tmoqchi bo’lsa, quvib o’tishiga imkoniyat bering. 90/10 qoidasini esda tuting va boshqa narsalar haqida qayg’urmang.

Samolyot kechga qolib, kunlik rejangizni buzdimi? – Bunda aeroport hodimlari aybdor deb bilmang. Undan ko’ra, shu vaqtni kitob o’qish uchun ishlating. Yangi insonlar bilan tanishib, ular bilan suhbat quring.

90/10 tamoyilini ishlatib, siz hech nima yo’qotmaysiz. Ishoning, natijalar sizni hayron qoldiradi.

Manba: adme.ru
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social