Dengiz bizlarni baxtli qiladi

Dengiz bizlarni baxtli qiladi

Italiyalik olimlar 10 yil davomida dengizning inson tuyg’ulariga bo’lgan ta’sirini o’rganishdi. Ularning aniqlashicha, dengiz baxt garmonini ko’tarar ekan.

Ko’k (moviy) rang tinchlik tuyg’usini beradi. Ko’k rang qon bosimini pasaytiradi va yurak urishini sekinlashtiradi, shu bilan insondagi emotsional zo’riqishni olib tashlaydi. Shuning uchun ham bu rang ko’plab insonlarning sevimli rangi bo’lishi mumkin.

Sohilda uzoq vaqt bo’lish, ongimizni yengillashtiradi. Aniqlanishicha, ongni tinchlantirish uchun shunchaki dengiz manzarasiga qarash kiyofa ekan. Shu kabi manzaralar ong qismlarini ishlatib, ular emotsional tinchlik va baxtli onlarga olib kelar ekan.

Suv charchagan miyani yangilatadi. 1995-yilda tajriba o’tkazilgan bo’lib, unda ikki guruh talabalar qatnashgan. Birinchi guruh dengiz manzaralariga boy bo’lgan xonada bo’lishgan, ikkinchi guruh esa shahar manzaralariga boy bo’lgan xonada bo’lishgan. Natijalarga ko’ra, birinchi guruh yuqori natija ko’rsatgan va tajriba vaqtida ham yuqori e’tiborlikni ko’rsata olishgan.

Suvga teginish lazzat (qoniqish) olib keladi. Tadqiqotlarga qaraganda, insonlar ochiq osmon ostida o’zlarini tinch his qilishar ekan. Agarda, ular suvga teginganda esa, baxtliroq his qilishar ekan.

Suv – bu insoniyatning muhum bir qismidir. Hayotimizning boshlanishidan biz suv bilan bog’lanamiz. Inson tanasing 75% suvdan iborat bo’lib, suv tana tetikligida va tana a’zolari ishlashi uchun asosiy omil sanaladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social