Do`stingiz bormi? davomi…

Sizning nechta do`stingiz bor? Siz doimo do`st orttirish uchun xarakat qilasizmi? Do`st orttirish uchun nimalar qilish kerak? Albatta kimdadir bitta yoki ikita xaqiqiy do`sti bo`lishi mumkin. Balki kimdadir undan xam ko`proqdir. Lekin siz ularning xammasini xam xaqiqiy do`st deb bilasizmi? Agar javobingiz xa degan javob bo`lsa, unda ikkinchi savol paydo bo`ladi. Qaysi paytlarda ularning xaqiqiy do`st ekanligiga amin bo`lgansiz?

Manashu bir nechta savollarimiz orqali do`stlarimiz xaqida biroz bo`lsada aniq nimadir bilib olishimiz mumkin. Balki kimdadir umuman do`sti yo`qdir. Shunday kishilar bor bo`lsa ularga xam, o`zimizning kichkina maslaxatimizni berib o`tmoqchimiz.

To`g`risi xozirgi kunda xaqiqiy do`st topish biroz mushkil ish. Shunday bo`lishiga qaramay barcha insonlarga nisbatan ishonchsizlik bilan qarash bizlar tomonimizdan biroz noto`g`ri bo`lardi. Do`st topishimiz uchun o`zimiz birovga xaqiqiy do`st bo`la olishimiz kerak. Men bir insonni taniganimga besh olti yillar chamasi bo`lib qoldi. Men u kishi bilan do`st emasman. Oddiy bir tanishmiz xolos. Gapning to`g`risi shu olti yil davomida u kishini kim bilandir do`st bo`lganini ko`rmadim.

Ayrim kishilarning aytishiga qaraganda, bu do`stimiz kim bilandir uzoq vaqt do`st bo`lolmas ekan. Sababi xarakteri juda og`ir kishi emish. Shu gaplardan keyin men u bilan do`stlashishga xarakat qilib ko`rdim. To`g`risi do`stligimiz boshida, u kishi to`g`risidagi barcha gaplarga ishongim kelmadi. Lekin oradan unchalik ko`p vaqt o`tmay, u kishi to`g`risidagi barcha gaplarga amin bo`ldim.

Shuning uchun xam yuqorida bir fikirni aytib o`tdik. Birov bilan do`stlashishdan oldin, o`zimiz unga do`st bo`lishimiz lozim. Xurmatli do`stlar o`ylaymizki do`stlik uchun kerakli bo`lgan eng muxim omillardan biri, do`stingizga nisbatan doimo ochiq bo`ling. Do`stingizdan ayrim narsalarni yashirmang. O`ylaymizki do`stingiz bilan doimo sirlashsangiz bo`ladi. Albatta agar do`stingiz xaqiqiy do`st bo`lsa va unga nisbatan ishonsangizgina.

Agar o`zingiz do`stingizni aldashga xarakat qilsangiz, unda, ya`ni do`stingizda o`zingizga nisbatan ishonchini yo`qotasiz. Faqat do`stingizga nisbatan emas barcha insonlarga nisbatan doimo rostgo`y bo`ling. Chunki Yolg`on nafaqat insonlarga balki butun borliqni yaratgan egamizga xam to`g`ri kelmaydi. Ishonch bu do`stlikni saqlab qoluvchi eng muxim omillardan biridir.

Bundan tashqari doimo mexmondo`st bo`ling. Agar do`stingiz siznikiga kelsa doimo ochiq chexra bilan kutib olishga xarakat qiling. Doimo xayotingizda do`st orttirishga xarakat qiling. Bor do`stlaringizni esa qadriga etib, uni asrab avaylashga xarakat qilinglar. Iltimos, fikringizni shu erda bildiring? Balki, sizning fikringiz boshqalarga yordam berar.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Умида

    Дўст топишимиз учун ўзимиз бировга хақиқий дўст бўла олишимиз керак

  2. мадина

    якин дустинга хамма нарсани гапирса буладими? имею виду сирли булган нарсаларни?

  3. jasur

    baribir xammasini gapirolmaysiz Madinaxon!

  4. Номаълум

    дуст яхши аммо хар кандай сир хам унга айтилмайди буни окибати балодир инсон учу энг якин дуст аллох ва калбидир мен киз боламан билмиман болларда кандай билганим шауки кизболани дусти булмайди мен куп кокилганман ва нихоят калбимдан буюк дуст топганман бугун сиз дустизга кулиб сиризи айтасиз ишончли булса 1 йил саклаши мумкин сирингизни кейин юага чикаради ва хич качон унутманг дустингизни хам дусти бор

  5. madina

    Муаллиф: Номаълум – July 14, 2012 gapizda jon bor. qiziq fiqrlayapsiz!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social