Erkak kishining 5 ta xislati!

Erkak kishining 5 ta xislati!

Har birimiz qizlarning erkak kishida ko`rishni istagan xislatlarini sanab o`tishlarini ko`p bor ko`rganmiz, kuzatganmiz yoki bo`lmasa guvohi bo`lganmiz. Ushbu ro`yxat hammada har xil bo`ladi, biroq ma`no jihatdan bir xil bo`lishi mumkin. Qizlarning ko`pchiligi ideal erkak kishini shunday tasavvur qilishadi: baland bo`yli, jismonan baquvvat, sahiy, hayvonlarni va yosh bolalarni yaxshi ko`radigan, mard va jasur. Shu bilan birga u albatta yaxshi lavozimga, mashinaga va albatta o`z uyiga ega bo`lishi kerak. Lekin aslida haqiqiy erkakni aynan qaysi hislatlar ajratib turadi?

Internetda erkak kishining xislatlari haqida ko`p xar hil maqolalarni uchratsa bo`ladi. Lekin biz erkak kishini bezab turadigan asosiy beshta hislatlarini tanladik:

1. Haqiqiy erkak ayollarga hurmat ko`rsatadi. Bu erda aytib o`tish joyizki, erkak kishi ayol kishining yoshiga, millatiga yoki diniga qaramasdan barcha ayol zotiga birdek munosabatda bo`lishi kerak. Ayol kishini hurmat qilmagan erkak doim jirkanch bo`lib ko`rinadi.

2. Erkak kishi oila qadrini bilishi kerak. U, oilasi – u himoya qilishi va avaylashi kerak bo`lgan insonlar ekanligini tushunib etishi kerak. Agarda hamma undan yuz o`girsa, u faqatgina oilasi oldiga kelishi mumkin. Haqiqiy erkak o`z turmush o`rtog`ini va bolalarini sevishi kerak. U hech qachon o`z oilasini shubhali aloqalarga va boshqa munosabatlarga almashtirmaydi.

3. Erkak kishi ko`p gapirmaydi, balki bajaradi. U yolg`on va`dalarni bermaydi. Ko`p hollarda u sergap, chunki bekorchi gaplarda ma`no ko`rmaydi. U o`z ustidan ko`p ishlaydi. Hech ham bir joyda turmaydi va doimo izlanishda, rivojlanishda bo`ladi.

4. Ular ham xato qilishadi va bunga ularning to`la haqqilari bor. Sababi ular ham inson. Insonlar esa xato qilishadi.

5. Haqiqiy erkakga doimo suyansa bo`ladi. Ayollar nafaqat go`zal, balki yana kuchsiz jins. Ular faqat o`z erlariga suyanishlari mumkin. Shu sabab erkak qishi o`z uyining poydevori va suyanchig`i bo`lishi shart.

Albatta bu ro`yxatni yana va yana davom ettirish mumkin, lekin biz erkak kishida bo`lishi kerak deb hisoblagan 5 ta xislatlarni sanab o`tdik. Siz o`zingiz bu ro`yhatni davom etirishngiz mumkin. Biroq hurmatli ayollar, o`zingizga er tanlaganda to`g`ri maqsad qo`yishni esdan chiqarmanglar. Chunki erkak kishi ham mukkamal emas. Biroq erkak kishi o`zgarishga doim tayyor bo`ladi, bunda esa ularga eng katta yordamni aynan siz ko`rsatasiz!

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Qoyil ammo bunaqa mukuammal erkakni topish juda qiyin

  2. komila

    ayniqsa hozirgi davrda bunaqa xislatlaga ega o”gil bolani topish juda mukammal kupchili bollani fikrida faqat bir narsa sad

  3. Jamoliddin

    ishonasizmi yoki yoq, mana men shunaqa erkakman smile

  4. komila

    ishonish qiyin

  5. Исмингиз

    voy;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;;

  6. Исмингиз

    hgftdereyikjusTYUEKKDF

    HRYUHIYUTYR

  7. Исмингиз

    hgftdereyikjusTYUEKKDF

    HRYUHIYUTYR

  8. Anonim

    Shundaylar ham bor

  9. Санжарий

    Койилман зур сарлавха булипти

  10. Nargiza

    Rostan bunaqa yigitlar judayam kam yes

  11. Fazo.tv

    Salom Nargiza, nega unday ekan, nima deb o’ylaysiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social