Erkaklar nimalar haqida g`iybat qilishadi?

Erkaklar nimalar haqida g`iybat qilishadi?

Ko`pchilik ayol va qizlarning o`ylashicha, erkaklar yig`ilganda faqat ular haqidagi gaplarni yuritishadi. Biz sizlar bilan erkaklar o`z yaqin doirasida qolganda nima haqida gaplashayotgani bilan bo`lishmoqchimiz!

Erkaklarning gaplarida birinchi o`rinda mamlakatdagi mish-mishlar va global miqyosdagi yangiliklar turadi. Erkaklarning qiziqishi va bilim doirasi hayratda qoldiradi. Erkak oddiy ishchi yoki ishsizmi, baribir u eng sirli savollardan butunlay xabardor bo`ladi. Ma`lumotlarning manbasi aniqlanmaydi, chunki barcha ma`lumotlar BTA agentligidan keladi – “Bir Tanish Aytdi”.

Ikkinchi mavzu esa – bu “men” (kuchli, aqlli, kelishgan, mashhur, o`rnimni hech kim bosolmaydigan va xokazo) yoki “menda” (yangi avtomobil, komp`yuter, telefon, velosiped va xokazo). Ushbu ro`yhatni yana davom ettirish mumkin. Aytgancha, erkak odob-axloq qoidalari bu mavzularda ayollarga gapirish man etiladi.

Ayollar haqidagi mavzular esa faqatgina uchinchi o`rinni egallab turar ekan. Shuningdek, erkaklar o`z ayollari haqida kam gapirishadi, ammo birovniki yoki notanish ayollar haqida kuni bo`yi gaplashishlari mumkin.

Qadrli qizlar va ayollar umid qilamiz sizga maqolamiz yoqdi. Xurmatli erkaklar agarda noto`g`ri fikrlar bo`lsa uzr so`raymiz. Qo`shimcha gaplar bo`lsa, o`z fikrlaringizni komment orqali bildirishni unutmang.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social