Erkaklar xato qilishlari kerak!

Erkaklar xato qilishlari kerak!

Buni esda tuting: erkaklar xato qilishlari kerak! Xa, xa, xato qilish. Har bir erkak salbiy tajribaga ega bo’lishi kerak. Buning yordamida erkaklar o’rganishadi va o’sishadi.

Ular o’z xatolari natijalarini ko’rishlari, xulosa chiqarishlari va keyingi safar boshqa yo’lni tanlashlari kerak. Shunday qilib erkaklar izlanishadi, nimadir yangi narsani ochishadi.

Esingizdami Tomas Edison (elektron lampani o’ylab topgan) qancha muvaffaqiyatsiz urinishlarga uchragan? Qaysi ayol bunga oxirigacha chidab borar edi?

Xatolar, ularning natijalari va ulardan o’tib ketish erkaklarni yanada kuchli va mard qiladi. Shunday qilib “temir chiniqadi”. Shuning uchun erkaklarga bu narsa kerak, ayollarga esa yoq. Ayollarga salbiy tajriba kerak emas. Bu narsa ularni quruq va toshbag’ir qilishi mumkin.

Shuning uchun ayollarda xatolardan qochish tizimi bor. Ular xato qilishdan ko’ra, hech nima qilish yo’lini tanlashadi. Ular erkaklarga qaraganda juda ehtiyotkordirlar. Bu narsa ayolni genetikasida bor, chunki ular bolalarni yana o’stirishadi. Ular uchun hayotni saqlash afzalroq.

Erkaklarda boshqacharoq. Agarda unda xato qilish huquqi bo’lmasa, agarda u muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqsa va doim shubhalansa, natijada u passiv bo’lishi mumkin. Shundan so’ng, u faollik ko’rsatmaydi, yangiliklarni o’rganmaydi, yangi yo’llarni ochmaydi va tez jahldor uy qunduziga aylanadi.

Shuning uchun, ayollardan erkakning muvaffaqiyatsizligi uchun uni tanqid qilmaslik so’raladi. “Men senga aytgan edim”, “Sening qo’lingdan kelmadi” , “Erkak emassan” degan gaplar juda katta ta’sir qiladi.

Qiyinchilik vaqtida siz unga tushunadigan va dalda beradigan inson sifatida keraksiz. Barcha xato qiladi. Uni boshqatdan urinib ko’rishiga ishontiring. Unda albatta hammasi yaxshi bo’ladi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Salomjon

    Bu rasmdagi erkak hato qilgani uchun otjimaniye qilyaptimi? Uni kim bunday jazoladi, birovning farzandini jazolash yaxshi emas!

  2. Fazo.tv

    Biz erkak xato qilgani uchun “otjimaniya” qilyapti – deb hech qayerda yozmaganmiz.

  3. Salimjon

    )))) Hazillashdim. Bu yerda hazillashish mumkin emasmi? Uzr.

  4. Amirxon

    Manimcha u direktor bo’lsa kerak va o’zini yaxshi formada tutish uchun otjimaniya qilyapti)) Boshqa tarafdan o’ylab qarasa, u kishi otjimaniyani noto’g’ri qilyapti, u bizga qarab xato qilyapmanmi dib so’ramoqda.

  5. Fazo.tv

    Xa bemalol, biz ham hazil qilib yozdik))

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social