Ertalabki yugirish!

Ertalabki yugirish!

Har doim sog`lom va qaddi qomatingiz chiroyli bo`lib shakllanishi uchun eng oddiy, tez va arzon yo`llaridan biri bu yugurish bilan
shug`ullanish bo`lsa kerak. Yugurishga maxsus trenajerlar va juda ko`p vaqt sarflash shart emas. Insonlar odatda bitta o`zi, yoki sheriklari bilan yugurishadi. Haftasiga uch yoki to`rt marotaba 20 – 30 minutdan yugurush bilan shug`ullanib tursangiz, butun kun davomida o`zingizni tetik his qilib yurasiz. Ertalabki yugurish, insondan stress chiqishga, diqqatini bir joyga jamlashga yordam beradi. Kunning istalgan vaqtida yugurish bilan shug`ullanish mumkin. Lekin siz eratalab badan tarbiya va yugurish bilan shug`ullanishni hohlayotgan bo`lsangiz, birinchi 1-2 hafta o`zingizni vaxtli turishga o`rgatishingiz kerak bo`ladi. Birinchi 2-3 haftalar juda oson va engil bo`ladi, siz hattoki o`zingizda yangi bir kuch va g`ayrat uyg`onganini sezasiz. Ammo, keyinga bu sizga zerikarli tuyulib boshlaydi va yalqovlik uyg`onadi. Agar Siz bitta o`zingiz yugurish bilan shug`ullanayotgan bo`lsangiz, bu siz uchun qizziq bo`lmay qoladi. Shunday qilib Siz sekin asta ertalabki yugurish bilan shug`ullanmay qo`yasiz.

Agarda siz dam olish yoki bayram kunlari ertalabki yugurushni boshlasangiz, bu muammoni engib o`tish juda oson bo`ladi. Birinchi yugurish kunini istalgan dam olish kunlariga rejalashtirib qo`ying. Ertalab vaxtli emas, balki odatiy vaqtda turing. Bir stakan kefir yoki meva sharbatini iste`mol qiling va yugurishni boshlang. Boshida tez yugurish unchalik shart emas, faqatgina mo`ljallagan marshrutingiz bo`ylab sekin yugurishingiz mumkin. Shu bilan birga ob-havoga qarab ustingizga yaxshilab kiyinishni ham unutmang. Uyingizga kelgandan keyin soatga qarash esingizdan chiqmasin. Yugurish uchun qancha vaqt ketganini eslab qoling. Ha albatta, kiyinish va dush qabul qilish uchun ketgan vaqtlarni qo`shish esingizdan chiqmasin. Ertangi kuni esa, ertalabki yugurish unchalik ham qo`rqinchli bo`lib tuyulmaydi.

Ertalabki yugurish ancha foydali va qulay. Birinchidan, ertalab o`z vaqtingizni rejalashtirish juda oson. Sababi kechki payt siz ishingizda ushlanib qolishingiz mumkin. Ikkinchidan, ertalab ko`chada mashinalar ham, odamlar ham kam bo`ladi, qolaversa havo juda toza bo`ladi. Uchinchidan, ertalab Sizning kuchingiz ham ko`p bo`ladi. Ertalab turib, yuvinib, kiyimlarni kiyib yugurishga chiqish juda oson. Yugurayotganingizda o`z muammolaringizdan chalg`ishga harakat qiling. Ertalab yaxshisi it bilan yugurgan yaxshi, chunki itni ham ertalab aylantirib kelish kerak bo`ladi. Agar Sizning itingiz bo`lmasa, yaxshisi do`stingizni taklif qilganingiz yaxshiroq. Agar do`stingiz sizga rad javobini bergan bo`lsa, hech ham xafa bo`lmang, pleyeringizda sevimli musiqangizni qo`ying va yugurishni boshlang. Bu esa Sizning kayfiyatingizni yanada ko`tarishi shubxasiz. Ortiqcha vazn ham yo`q, ho`jayinlaringiz ham, hattoki moliyaviy muammolaringizni ham o`ylamaysiz. Agar Siz ertalab yugurish bilan shug`ullanishni     yoqtirsangiz, o`ylab ko`ring, Sizga buning uchun nima to`sqinliq qiladi? O`ylaymanki oldin mana shu to`sqinlik qilib turgan muammongizdan qutilib, keyin ertalabki yugurish bilan shug`ullanganingiz yaxshiroq. Olg`a!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Алишер

    Ажойиб, эрталаб югиришни бошламокчиман, вахима босаетганди кандай уддалайман деб. Энди куркмайман. Албатта эртадан югиришни бошлиман

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social