Haftaning qaysi kuni eng yaxshisi?!

Haftaning qaysi kuni eng yaxshisi?!

Bir kuni shogird o’z ustozidan so’radi:

– Ustoz, yaxshi ish kunini o’tkazish uchun qaysi kun eng muvvafaqiyatli hisoblanadi?

– Kun? – ustoz hayron qoldi.

– Balkim, haftaning kuni yoki oyning sanasi …

– A-aa, hafta kuni … – dedi ustoz. – Ha albatta. Bu kun – Chorshanba  – deb ayyorona shogirdlariga qaradi. Ular esa daftarni olib, ustozi aytganlarini yozishni boshladilar.

– Sen nima uchun hech nima yozmayapsan? – deb kulib o’tirgan bir shogirddan ustozi so’radi.

– Ustoz, chunki, men keyin nima deyishingizni bilaman.

– Nima ekan? – deb so’radi ustoz va barcha talabalar jim bo’lib qolishdi. So’ngra yozmagan shogirdi dedi:

– Bu, shuningdek, Seshanba, Juma, Shanba, Dushanba, Payshanba va Yakshanba.

– Sen haqsan – dedi ustozi. – Lekin men birinchi Juma va keyin Seshanba kunini aytmoqchi edim.

Barcha shogirdlar ularning do’sti deyarli to’g’ri javob berganidan hursand bo’lishdi. Keyin shogirdlaridan biri so’radi:

– Ustoz, ketma-ketligi shunaqa bo’lishi kerakmi?

Ustoz to’g’ri javob bergan shogirdiga diqqat bilan qaradida, dedi:

– O’zing javob ber!

– Faqat bir kun – dedi u. – O’sha kuni – bugun.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hunter

    Tushunmadim unknw

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social