Haqiqiy sevgi haqida nima bilasiz?

Haqiqiy sevgi haqida nima bilasiz?

Bir xitoylik kishi o’zining Zhou Yu’ai ismli shol xotiniga 57-yil davomida g’amxo’rlik ko’rsatadi va hech nimaga qaramasdan uni sevishda davom etmoqda.

Du va Zhou oilasiga 1959-yil, to’ylaridan bir necha oydan so’ng kulfat keladi. 20 yoshlik Zhou notanish kasallikga uchraydi va natijada harakatlanish qobiliyatini yo’qotadi. Du Yuanfa o’sha vaqtda qo’shni shahardagi ko’mir konida ishlar edi va uning hech nimadan xabari yo’q edi. Lekin unga xotini kasalligi haqida xat keladi.

Du Yuanfa ta’til olib, uyga qaytib keldi. Kasallik orqali Zhou butunlay tanasini boshqarolmaydigan bo’ldi, u hatto aylanishni va qo’lida jixozlarni ushlay olmas edi. Aniq kasallik haqida hech kim biror narsa deyolmadi. Bu kulfatdan tashqari yana farzand ko’rolmasligi haqida yomon xabar keldi.

Du Yuanfaning do’stlari unga ajrashishni va yangi hayot boshlash kerakligini taklif qilishdi, ammo u butunlay bu fikrdan qaytdi. U o’z xotiniga shunday degan: “Xavotir olma, men sen haqingda umrim ohirigacha g’amxo’rlik qilaman” – deb o’z so’ziga sodiq qoldi.

14-2

Du Yuanfa o’z ishini qoldirib va butun vaqtini xotiniga bag’ishladi va shu bilan birga fermerlik ishlarini qilishga ham ulgurgan. U xotinini qoshiqdan ovqatlantirar, uning yotog’ini almashtirar, unga kerak bo’lgan maxsus dorilarni tayyorlaydi va yana shifokorlarga ko’rsatishda davom etmoqda.

13-1

Du va Zhou ning qo’shnilari ularga yordam berishga harakat qilishadi. Ular qari juftlikni tez-tez ko’rishga kelishadi va ularga ovqat, kiyim va dorilarni olib kelishadi. Mahalliy hokimiyat ham o’z yordamini ko’rsatmoqda.

16-1

Du oltmish yilga yaqin taslim bo’lmayapti. U har kuni Zhouga g’amxo’rligini ko’rsatadi. Menimcha haqiqiy sevgi shunday ko’rinishga ega! Siz nima deb o’ylaysiz?

15-1

Manba: adme.ru

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Hunter

    Qoyil bu haqiqiy boast sevgi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social