Har kuni ertalab o’zingizga eslatish kerak bo’lgan 9 narsa

Har kuni ertalab o’zingizga eslatish kerak bo’lgan 9 narsa

Agarda hayotingizda hammasi ham yaxshi bo’lmasa, shunga qaramasdan har yangi kunni qadrlash kerak. Bu hayotni afsuslanishsiz yashashni istasangiz, siz bilishingiz kerak bo’lgan narsa shu-ki: siz baxtli yoki baxtsiz bo’lishga faqatgina o’zingizga bog’liqdir. Shuning uchun, har kuni ertalab to’qqiz narsa haqida o’ylab ko’rishini maslaxat beramiz:

1. Bu kun yuqoridan berilgan yana bir sovg’adir! Sen bugun uyg’onib, yana bir kun yashash imkoniyatiga ega bo’lding va bu esa yuqoridan kelgan haqiqiy sovg’adir. Yana bir kun hayotdan nafas va zavq olish uchun, har kuni ertalab bu haqida o’yla!

2. Bu kun omadli bo’lishi mumkin, albatta faqat sen buni istasang! O’zingni nochor his qilishni va dengizdan yaxshi havo kutishni to’xtat. Bu sening hayoting, o’zing uni boshqar! Agar biror narsaga erishishni xohlasang, uning ustida ishla. Bugun qanday ob-havo yoki qanday kayfiyat bo’lishi muhim emas, kun baribir yaxshi!

3. Hech kim bugun senga zarar yoki og’iriq keltirolmaydi! Esta tut bugungi kunda seni hech kim xafa qilolmaydi, agarda o’zing bunga yo’l bermasang! Hamma narsani ham yurakka yaqin olma va “zaharli” insonlardan uzoqroq yur. Boshqa odamlarning hukm va fikrlarga qaramasdan o’z hayotingda o’zing yashashni o’rgan.

4. Qiyin vaziyatlarda tinchlikni saqla! Qiyin vaziyatlarda xotirjam va sabrli bo’lish naqadar qiyin! Lekin ular har kuni sodir bo’lishi mumkin. Muammo shundaki: ularga qanday javob berasan? Sen g’azablanib yoki xafa bo’lishing mumkin va bu butun kunni xarob qiladi. Yoki tez muammoingni hal qilib va xotirjam qolishing mumkin. Tanlov senda.

4. Сохраняйте спокойствие в сложных ситуациях

5. Sen hayotda ko’p narsalarni nazorat qilishing mumkin! Albatta, har bir narsani nazorat qilish sening qo’lingda emas, lekin hayoting sening nazoratingdan chiqib ketdi deb o’ylash xato bo’lar edi. Sen hayotning egasisan va sen o’zing uni xohlagancha o’zgartirishing mumkin.

6. Muvaffaqiyat – bu hayot tarzi, natijasi emas! Kim muvaffaqiyatli bo’lishni istamaydi? Biz ko’pincha unutamiz – muvaffaqiyat bu aniq yutuqlar emas. Muvaffaqiyat – bu hayot tarzidir. Agar sen muvaffaqiyatli bo’lishga qaror qilsang, sen albatta bo’lasan. Ijobiy o’yla, muvaffaqiyat uchun mehnat qil va har kuni bu bilan faxrlan!

7. Senga hech kimning roziligini kerak emas! Senga bugun muvaffaqiyatli va baxtli bo’lish uchun boshqa odamlarning roziligini kerak emas. Hech kim hayotingni nazorat qilishiga yo’l qo’yma. Ba’zi odamlar, vaziyatlar va holatlar xalaqat qilsalar, ularga “yo’q” deb aytishdan qo’rqma. Bu degani oila, do’st va yaqin insonlarni unut degani emas. Hayotingdagi hamma narsani “balans”da ushlab tur.

7. Вам не нужно ничьё одобрение

8. Shikoyat va ayblash yaxshiroq va baxtli bo’lishga yordam bermaydi! Sen hozirgi vaziyatdan norozisan? Unday bo’lsa, bu haqida shikoyat qilma, uni o’zgartirishni boshla. Barcha vaziyatlarda optimistik bo’l va sen muammolarni ancha tez va sog’liqga zararsiz hal qilasan. Bundan tashqari, ruhiy tushkunlik va depressiya hayot sifatiga ta’sir qiladi va barcha munosabatlar buzilishi mumkin.

9. Agar hayotingda yaxshi narsalarni qadrlamasang, ular tez nihoyasiga yetadi! Biz ko’pincha boshqalar yaxshiroq va baxtliroq yashaydi deb o’ylashimiz mumkin. Aslida esa bu shunchaki anglashish, chunki sen qanchalik baxtli ekanligingni qadrlamaysan yoki ko’rolmaysan. Minnatdorchilik har doim taqdirlanadi. Har kuni kamida 5 narsa, inson yoki vaziyat uchun shukr ayt!

9. Если вы не цените хорошие вещи в своей жизни, то они быстро заканчиваются

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Omina

    Man shu gaplardan ozimga kop narsa oldim va bu narsadan xursandman

  2. Fazo.tv

    Sizga foydali bo’lganidan biz juda xursandmiz smile

  3. Gulli

    Assalom alaykum ancha narsañi bilib oldim rahmat juda foydali maqola ekan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social