Hayot haqiqati…

Hayot haqiqati…

Bir donishmand samoga tushibdi va Farishta bilan uchrashibdi.

— Sen yerdagi hayotingni qanday yashading? – deb savol beribdi Farishta.

— Men doim haqiqatni topish ilinjida bo’ldim – dedi donishmand.

— Bu ajoyib! – deb maqtadi Farishta. – Haqiqatni topish uchun sen nimalar qilding, haqiqatni ko’rish uchun nimalar bilan shug’ullanding?

— Donolik odamlar orqali yig’ilib borilgan va bu narsa kitoblarga yozilib borilgan, shu sabab men juda ko’p o’qidim – deya javob berdi donishmand Farishtaga.

Farishta tabassum qildi.

— Samoviy donolik insonlarga din orqali beriladi, shu sabab men muqaddas kitoblarni o’qidim va muqaddas joylarni ziyorat qildim – dedi donishmand.

Farishtaning tabassumi yanada yorishdi.

— Men sayohatlarda bo’ldim, boshqada ko’plab donishmand insonlar bilan suhbatda bo’ldim ular bilan bahs munozaralar qildim va bizning bahs munozaralarimizdan esa haqiqat paydo bo’lar edi.

Farishta xayrixohlik bilan tabassum qildi.

Donishmand gapida to’xtadi….Farishtaning yuzi esa qayg’uga tushdi va yuzudagi tabassum yo’qoldi.

— Men nimadirni noto’g’ri qildimmi? – ajablanib so’radi donishmand.

— To’g’ri, lekin sen Sevgi haqida hech nima gapirmading – deb javob berdi Farishta.

— Axir menda Sevgi uchun mutlaqo vaqtim bo’lmagan, men haqiqatni topish ilinjida bo’lganman! – deb mag’rurona javob berdi donishmand.

— Sevgi bo’lmagan joyda haqiqat bo’lmaydi…Haqiqat faqat Sevgi bor joyda paydo bo’ladi! – deb ma’yus javob berdi Farishta va ko’zdan g’oyib bo’ldi.
Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Umarbey

    Afsuskiy Bugungi Kunda eng Katta Yolg’on bu Sevgi Xozirgi Qizlar Bollarni Puliga qarab
    Yigitlar esa Qizlarni qomatiyu Chiroyiga boqishadi.

  2. Fazo.tv

    Salom Umarbey! Buni o’zgartirish mumkinmi, nima deb o’ylaysiz?

  3. Mehroj

    smile hamma vaqt ham har narsani birdek olib ketib bo’lmaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social