Hayotda qancha bahonalaring bor?

Hayotda qancha bahonalaring bor?

Agarda biz qoshiq yoki taroqni oyoqlarimiz bilan ushlasak nima bo’ladi? Xoynaxoy biz ularni oyoq bilan ushlay olmaymiz. Chunki bizning oyoqlarimiz bunga mo’ljallanmagan. Chunki bu uchun bizga qo’llar berilgan!

Ammo “Jessica Cox” ning qo’llari yo’q va hech qachon bo’lmagan. U yoshlikdan beri nogiron, lekin bu narsa unga yozishga, ovqatlanishga, kompyuterda ishlashga, “makiyaj” qilish va hatto kontakt linzalarni taqishga halaqit bermaydi.

Hozirda, bu ayol 33 yoshda va nima uchun u bilan shu narsa sodir bo’lganini hozirgachayam bilmaydi. Biroq, u shunchaki hech nima qilmasdan o’tirishga emas, balki yashashga vada berdi. Xa albatta, uning yonida uni sevadigan va qo’llab-quvvatlaydigan oilasi bor. Shuningdek, Jessica mashina haydashni va samolyotni boshqarishni bilishi juda hayratlantiradi.

Jessicaning aytishicha, agarda u sog’lom tug’ilganida hayotda hozirgi yutuqlarga erishmagan bo’lar edi. Jessica taekwondo bo’yicha ikkita qora belbog’ga ega bo’ldi va turmushga ham chiqdi.

Shuning uchun hayotimizda bahonalarga joy bo’lmasligi kerak! Agarda sizga maqola manzur kelgan bo’lsa, do’stlaringiz bilan bo’lishishni unutmang!

Video:

https://youtu.be/88jTVqh1lo8

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shokir

    Bir tanishimning qo’llari og’riganidan ishga bormaganida man unga “Qara, qo’llari yo’q odam samolyot boshqarvotti, san esa qo’lim og’riyapti deb nolaverasan” degan edim. U manga “Uni qo’llari yo’qda, shuning uchun uning qo’llari og’rimaydi” deb aytdi. rofl

  2. Mohir

    laugh Qoyillatibdi lekin! Zo’r javob beribdi, qoyilman!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social