Hurmat talab qilinmaydi, unga erishiladi!

     Xayotda xar birimiz jamiyatning bir qismi va oilamizning bir a`zosi bo`lishni yoki muxim va qadrli ekanimizni, va boshqalar bizni xurmat qilishlarni juda-juda xohlaymiz.  Agarda farzand ota-onasini xurmat qila bilmasa, ota-ona o`zini qadrsiz va men ular uchun xech kim emasman deb his qiladi. Yoki aksincha ota-ona o`z farzandini xurmat qila bilmasa, farzand o`zini shu oilaning a`zosi emasman degan fikrga keladi. Bunday misollarni juda xam ko`p keltirish mumkin. Ish joyimizda, do`stlar orasida, oilada, kursdoshlar orasida va jamiyatda bizni xurmat qilishlarini istaymiz.  Lekin nima uchun ko`pgina xollarda bizni hurmat qilishmaydi?

    Men sizlarga bu hikoyani aytib bermoqchiman.
    Otam -oilamizdagi yagona pul ishlab topuvchi inson.  Uning ishi juda og`ir bo`lib, bu undan juda ko`p vaqt va mehnat talab qiladi.  U uyda oila bilan kam vaqt o`tkazadi, chunki u doim ish bilan band.  Men shuni bilamanki, oilamizda hech kim u bilan yaqin emas, hech qaysimiz hech qachon o`zimizni unga do`st yoki yaqin inson  deb his qilmaganmiz.  Mening otam juda qattiqqo`l inson, hamma narsa uchun uning o`zining qonun-qoidasi bor…

    Ko`pincha u uyga kelganda, kechki ovqat xali tayyor bo`lmagan bo`lsa, hammaga shunday zahrini sochib ketadiki… Bunday paytlarda otam bizga “Uyga pul olib kelsam, senlarni boqsam , senlar uchun hamma narsani tayyor qilayotgan bo`lsam ham, senlar meni umuman hurmat qilmaysanlar” deb baqirishni boshlaydi.  U bizga “Yangi muammo chiqarishdan boshqa hech narsaga yaramaysanlar” deydi. U yana bizga xatto, ishda ham uydagichalik asabi buzilmasligini aytadi.  U bizga “Yalqovliklaring uchun uyda ham hech narsa qilmaysanlar, hatto birortang pul ishlab topishni bilmaysan” deb aytadi.  U bizga biz usiz hech kim emasligimizni, undek otamiz bo`lmaganda, ko`chada yashayotgan bo`lishimiz mumkinligini aytadi. Mana juda ko`p vaqtdan beri ahvol shu.

    Men tez-tez o`z- o`zimdan so`rayman: “Otam o`z xatti-xarakatlari bilan oilasini bir oz bo`lsa ham hurmat qiladimi?  Otam uyga pul olib kelishi uchungina biz uni hurmat qilishimiz kerakmi?  Hurmat qozonish shunaqa bo`ladimi?”  O`ylashimcha, dadamga o`xshab hurmat talab qilmaslik kerak.  Ko`ngli ranjigan, dilsiyoh odamlar kishiga haqiqiy hurmat ko`rsatolmaydi deb o`ylayman.  Albatta, otam so`raganlarini (kechki ovqatni o`z vaqtida tayyor qilish, kiyimlarini o`z vaqtida yuvib dazmollash) bajarsak, bu uni hurmat qila boshlaganimiz uchun emas, balki undan qo`rqqanimiz uchundir.

    Xaqiqatdan xam oilada bizni jaxldorligiz, ish joyimizda qattiq qo`lligimiz, do`stlar va qarindoshlar orasida pulimiz uchun bizni hurmat qilishadi. Lekin bu xaqiqiy hurmatmi?…

    Mening fikrimcha, boshqalarga baqirib, dag`dag`a qilish bilan hurmat qozonib bo`lmaydi, chunki odamlar sizdan ko`proq nafratlanadi va sizdan o`ch olishni xohlaydi. Hurmat qilish to`g`risida oddiygina haqiqat mavjud: hurmatni talab qilish emas, uni qozonish kerak.  Odamlar boshqalarni hurmat qilish bilangina o`zlari hurmat qozonishlari mumkin.  Agar hurmat talab qilaversangiz, ayniqsa, zo`ravonlik qilish bilan, siz unga hech qachon erishmaysiz, chunki odamlar sizga bo`lgan hurmatini yo`qotadi yoki sizdan qo`rqishni boshlaydi.

    Hurmat qilsang, hurmat topasan yoki ota-onangni xurmat qil toki baraka topib uzoq umr ko`ragaysan deb ota-bobolarimiz bejiz aytishmaydi.  Agar siz boshqalarni sizga xushmuomala bo`lishini xohlasangiz, siz ham ularga xushmuomala bo`ling.  Agar siz odamlarni sizga yordam berishini xohlasangiz , siz ham ularga yordam bering.  Agar siz odamlarni sizga g`amxo`rlik qilishini xohlasangiz, siz ham ularga g`amxo`r bo`ling.  Bu haqiqiy hurmatga erishishning juda oddiy yo`llaridir.

Kommentlar: 29 komment. 29 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Карим

    Дархақиқат кўпинча биз хурматни қозониш ўрнига уни талаб қиламиз.

  2. nodi

    qaytar dunyo deishadiu! sen xurmat qilsang, seni xam xurmat qilishadi!

  3. Номаълум

    маколага гап йук, манга жуда ёкди. хакикатдан хам хурмат талаб килинмайди, балки унга эришилади, этишадию – Нима эксанг, шуни урасан

  4. дони

    маколадаги мисолга унчаллик кушилмаган буларди, чунки оилада Отани роли ва уни оиладаги урни жуда катта булиши керак, ахир эрталабдан кечкача оилам, уйим рузгорим деб югурганидан кейин, уйида уни етарлича даражада кутиб олишмаса, манимча макола муаллифиниям жахли чикади, бу 100%

  5. а

    манича биз биринчи галда хурмат узи нима – мана шунга аниклик киритишимиз кере, чунки хурматни хар ким хар кандай тушунади. Албатта хар ким хар кандай тушунадиган кийин нарса эмасу, лекин барибир хам тушунча киритиб утганимиз маъкул. Масалан ман хурматни шундай тушунаман, яъни бир инсонни хурмат килдингми уни бойлиги учун, кучли, ёки чиройи учун эмас, балки уни самимийлиги учун, инсоний фазилатлари учун хурмат килиш кере, мана шу нарсаларни ман биринчи уринга куйган булардим

  6. sarvinoz

    Муаллиф: а – November 17, 2012 – siz juda togri aytingiz, men faqrizga kushilaman

  7. mAlikA

    muallif a – siz aytgan insoniy fazilatlar qoldi deb o’ylismi? manimcha bu narsalar inson qalbidagi eng chuqur joyni egallagan, uning hozirgi kunda namoyon bo’lishi ancha qiyin, bo’sayam juda kam : (((

  8. Sevara

    Xa duganajon malika, men xam fikringizga qo’shilaman. Bunday odamlar juda ham kam.

  9. dono

    xurmat qilsang,xurmat topasan!

  10. nilyu

    Лекин бу хақиқий ҳурматми?…

  11. nodir

    Муаллиф: nilyu – December 3, 2012 – haqiqiy bulmaganda qanaka bulardi???

  12. Lord_Kraft

    Seni hurmat qilishlarini istasang,avvalo o’zingni hurmat qil

  13. Fazo.tv

    Salom Lord_Kraft! Juda to’g’ri aytasiz, inson birinchi bo’lib o’zini xurmat qilishi kerak, keyin esa boshqalarni, shunda uni ham xurmat qilishadi smile

  14. Janob karlo

    Hurmatmi

  15. .

    To’ppa to’g’ri hurmatga erishish odamning o’zini qo’lida

  16. Fazo.tv

    Salom! Fikringiz uchun katta raxmat! Biz bilan qoling smile

  17. Zukkor

    Raxmat kattakon

  18. Geograf

    Ha albatta hurmat qilsang hurmat topasan lekin win win situation bólishi kerakda men har ikki tomonni ham qoralayman

  19. Geograf

    Men ham buni ignore qilganim yóq tóg’ri albatta. Lekin ikkala tomonda ham ayb bor.

  20. Geograf

    Hurmat talab qilinmaydi unga erishiladi men ham buni juda yaxshi bilaman va guvohi ham bólganman
    smile

  21. Fazo.tv

    Salom Geograf, shu haqida ko’proq aytib bera olasizmi?

  22. Nasiba

    Siz xurmat qilsangiz , albata hurmat qozonasiz

  23. Aziza

    Salom alaykum, hurmatsizlik qisangiz, he4 kim sizzi hurmat qimidi.

  24. wsedf

    sheydan

  25. Nomalum

    Yaxshi gap boʻlishi mumkin emas smile

  26. Durdona

    Avvalam bor biz õzimizni xurmatimizni bilsak bowqalani ham hurmat qilamiza

  27. Aziza

    Biz uzimizni seviwni ham bilsak, bowqalarni va ular bizni seva oliwadi

  28. Prinnsessa

    Inson birinchi navbatda uzini hurmat qilsa, qadrlasa, boshqalarga ham hurmatda buladi❤️❤️❤️

  29. Aziza

    Turi etas

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social