Dunyoni o’zgartirmoqchimisiz? (video)

Dunyoni o’zgartirmoqchimisiz? (video)

Dunyoni bir kishi qanday o’zgartirishi mumkin? Bir kishi dunyoni qanday qilib o’zgartira oladi? Shubhasiz ko’pchiligimiz oz bo’lsayam hozirgi turmish tarzimizni biroz bo’lsayam o’zgartirish haqida o’ylab ko’rganmiz. Albatta barchamiz yaxshi yashashni, yaxshi eb ichishni, yaxshi kiyinishni, yaxshi mashina minishni, yaxshi uylarda turishni, yaxshi do’stlarga ega bo’lishni, hayotda barcha narsa yaxshilik bo’lib xizmat qilishini istaymiz. Lekin qay birimiz hayotimizni ozgina bo’lsada o’zgartira olganmiz? Qay birimizning qo’limizdan kelgan?

O’y fikrlar judayam ko’p. Ba’zida “o’tgan hayotning ma’lum bir qismida boshqacha qaror yoki harakat qilsam bo’larkan” degan fikrlar ham bor. Lekin o’tgan hayotni qanchalik eslamaylik unga hech qanday o’zgartirish kiritib bo’lmaydi. Shunday ekan, o’tgan hayotda qilgan barcha ishlardan yashi xulosa chiqazib, kelajak hayot haqida fikr yuritganimiz va albatta bu fikrlarning tadbig’i bilan shug’ullanganishni boshlaganimiz lozim.

Qanday qilib bitta o’zim dunyoni o’zgartirishim mumkin? Bir qarashdan bu imkonsizdek tuyuladi. Lekin buning imkoni bor. Bu birdaniga amalga oshmaydi. Buning uchun vaqt kerak. Bizdan talab qilinadigan narsa – oldimizga qo’ygan ezgu ishlarni to’xtamasdan qilishda davom etish.

Tarix  bitta shaxs butun bir qabila, davlat, millat yoki butun bir kontinent odamlarining dunyo qarashi, turmush tarzi o’zgarishiga sababchi bo’lgani haqida so’zlab beradi. Bunga misollar juda ko’p. Bunday tarixiy shaxslarning hayot tarzi, ularning so’zlari va dunyo qarashi hali hamon biz o’qiyotgan kitob va adabiyotlarda mujassam. Ular dunyoni o’zgartirish uchun nima ish qilishgan? Odamlarning hayot tarzi yaxshi tomonga o’zgarishi uchun nimalarni amalda bajarishgan? Bu juda oddiy – Ular barchasini o’zlarining hayoti orqali ko’rsatishgan.

Hamma narsa o’zimizda. Agar biz barchasini o’zimizdan boshlasak, bu o’zgarishlarni  atrofimizdagilar ko’ra boshlaydi. Bu o’zgarishlar atrofimizdagilar uchun ham turtki vazifasini o’tashi shubxasiz.

Demak bitta narsa qoldi – bu ham bo’lsa boshlash. Xo’sh nimadan boshlaymiz? Hayotimiz yaxshi tomonga o’zgarishi uchun nimalardan voz kechishimiz, nima yangi narsalarni hayot tarzimizga aylantirishim zarur?

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. laylo

    Man hech qachon o’tgan hayotimdan afsuslanmaganman, sababi hayotimdagi har bir qarorri o’zim qabul qilaman va har bir qarorga o’zim javob beraman. Albatta adashgan va noto’g’ri qarorlar ham bo’gan, lekin har bir ishda man to’g’ri xulosa chiqazishga o’rganganman smile dunyoni o’zgartirishshi man hech qachon o’ylab ko’rmaganman, sababi har kim o’z hayoti bilan yashashi kere degan fikrdaman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social