Inson munosabati

Inson munosabati

Biz har kuni kim bilandir uchrashamiz, suhbatlashamiz. Kimningdir o`zimizga bo`lgan munosabatidan norozi bo`lamiz. O`zimiz bilmagan holda kimnidir hafa qilamiz. Yoki aksincha, kimdandir xursand bo`lib, kimgadir xursandchilik ulashamiz.

Bu o`zaro insoniy munosabatlarda juda ko`p hollarda oddiygina xato qilib qo`yamiz-da, keyin, nega shunday bo`ldi deb ma`yuslanib yuramiz. Birovni ayblab, o`zini farishta sanash insonga xos xususiyat. Biz hammamiz shunaqamiz. Kimnidir maqtashdan ko`ra, uni tanqid qilish osonroq. Kimnidir tanqid qilishdan oldin, uning bir kun kelib o`zimizga ham qaytib kelishi haqida o`ylab ko`raylik.

Tanqidni aloqachi kabutarga o`xshatish mumkin.  Amerika prezidenti Abram Linkol`n odamlar bilan munosabatda betakror edi. Uning odamlar bilan munosabatidagi yutug`ining siri nimada bo`lgan?

Agar uning atrofidagilar bilan muloqoti usullarini ko`rib chiqsangiz, buning siri oddiygina tanqid qilmaslikda ekanini tushunib olasiz. Xo`sh uning o`zi ham kimnidir tanqid qilganmi?  

U yoshligida tanqidiy maktublar, she`rlar yozib qishloq ko`chalariga tashlab ketardi. Maktub kimga qaratilgan bo`lsa, o`sha kishilar undan ranjishgani aniq. Keyinchalik bir xodisa sabab Linkol`n umuman tanqid qilmaydigan bo`ldi.

Atrofidagilar kimdir haqida tanqid qilsa u: «Ularni tanqid qilmang, mazkur sharoitda biz ham shunday yo`l tutgan bo`lar edik», deydi.

Siz kimnidir boshqacha odamga aylantirishni istaysizmi? Juda yaxshi! Unday  bo`lsa  bu ishni o`zingizdan boshlang. Haqiqiy xudbinlik nuqtai nazaridan o`zgalarni o`zgartirishdan ko`ra bu foydaliroq ham xavfsizroq.

Balki, o`z o`zingizni takomillashtirish bir yil vaqtingizni olar. Keyin esa buning samarasini ko`rasiz. Konfutsiy: «O`zingizning ostonangiz tozalanmasdan turib, qo`shningiz tomida qor yotganidan  shikoyat qilmang», degan edi.

Agar biz o`n yillab, balki umrimizning oxirigacha tatiydigan xafagarchilikka mubtalo bo`lishni istamasak, keling, o`z-o`zimizni ayovsiz tanqid qilish bilan shug`ullanaylik.
Atrofdagilar bilan munosabatda unutmangki, siz mantiqiy fikrlaydigan xilqatlar bilan emas, balki, ehtirosli, mag`rur, shuhratparast mavjudotlar bilan muloqotda bo`lyapsiz.

Tanqid esa porox to`la bochkaga o`xshab g`ururni portlatib yuborishi mumkin. Shuning uchun mumkin qadar odamlar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni o`rganing.

Yoshligida qo`rs bo`lgan Benjamin Franklin vaqt o`tishi bilan odamlar bilan  muomala qilish san`atini shu qadar o`zlashtirdiki, uni Amerikaning Frantsiyadagi elchisi qilib tayinladilar. Uning muvaffaqiyati siri nimada edi? «Men hech kim to`g`risida yomon gapirmayman, biroq odamlarning yaxshi jihatlarini hamma joyda  aytaman», degan edi u.

Har qanday nodon tanqid qilishi, ayblashi, noroziligini bildirishi mumkin. Nodonlarning ko`plari shunday qiladilar ham. Ammo birovni tushunmoq, yon bermoq uchun kuchli iroda talab etiladi.

«Buyuk shaxsning buyukligi, uning kichkina odamlar bilan munosabatida namoyon bo`ladi», deydi Karleyl.

Garov boylayman, atrofimizdagilarning 99 foizi kichik odamlarga nisbatan mensimay muomala qiladilar. Siz esa ularning xatosini takrorlamang.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. farishta

    juda ochiq va o’rinli mavzu, manga juda juda yoqdi/ bazi bir odamlarga shu kabi maqolalarni har kuni ertalab tashqariga chiqishdan oldin 2-3 marotaba o’qib keyin tashqariga chiqishini maslahat berardim

  2. фозил

    макола жуда ёкди. Шу каби муаммолар хакида купрок ёзишса жуда яхши буларди. Бир бумаса бирида шу каби маколани укиб инсон узи хакида албатта бир хаёл суриб куйиши аник, бу маколада кутарилган мавзуга келадиган булсак муаллиф мутлако тугри мисоллар келтирган

  3. Damir

    Zo’r maqola. Faqat uni o’qib keyin esimizdan chiqib ketmasinda.

  4. Nodir

    шу каби мавзуларда Абрам Линкольн хакида жуда куп эшитганман, нахотки у шу даражада муносабат сирларини яхши билган булса, агар хакикатдан хам шундай булса мани унга нисбатан булган хурматим роса самимий

  5. a

    хакикат, бунга деярли хар куни гувох буламиз, автобусларда, куча куйда, укишда ва хатто иш жойимиздаям ижтимоий табакаси юкори булган одамланинг узидан паст булган табакали инсонларга буган муомиласидан куриш мумкин, хаёт бир катта супермаркетга ухшайди, карзингкага сигганича ол, лекин эсдан чикармагинки, чикишда албатта олган нарсаларинги хисоб китоб килиш учун касса мавжуд

  6. Номаълум

    Муаллиф: a – November 18, 2012 – supermarket xaqida misol shu mavzuga tegishlimi?

  7. Mehribon___

    Zor maqola manga yoqdi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social