Inson qadri ulug`dir

Inson qadri ulug`dir

Tarix sahifalariga o`tayotgan har bir oyning hayotimizda munosib o`rni, o`ziga yarasha mavqei bor. Bu jihatdan may oyi alohida ajralib turadi. Chunki 9- mayda Xotira va qadrlash kuni nishonlanadi.

Xech “Motamsaro ona” xaykaliga e`tibor berib qaraganmisiz? xaykal yonida cheksiz xayol ummoniga g`ark bo`lib, tik turgan kishiga-chi? Balki, xa, dersiz, balki, yo`q…

Uzoq vaqt shu xolda tik turgan bu kishi qo`llarini duoga ochib yurt tinchligini deb, shunday tinchlik va osoishta kunlarga etib kelganiga shukronalik keltiradi. Xalqimizda “qarisi bor uyning parisi bor”, “qarisi bor uyda baraka buladi”, degan ibratomuz gaplar borligi xam o`tmishi buyuk, ajdodlarining boy ma`naviy merosi bilan g`ururlanisht mumkin bo`lgan millat ekanligimizdan dalolat beradi.Tiriklarga mexr-okibat ko`rsatish qadriyat, bu xar bir insonning burchi, vazifasi sanaladi. 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalkimizning ezgu fazilatlari yanada yorkin namoyon bo`lib bormoqda. Ikkinchi jahon urushi daxshatlarining guvoxi bo`lgan kishilar tobora kamayib bormoqda. Yoshlikning navqiron chog`larini urush olovlarida, janggohlarda o`tkazib, bugungi tinch va osoyishta xayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir.

Inson insonga malxam deyishadi. Bu faylasufona gapning zamirida bir-birimizga ko`rsatayotgan e`tibor, mexr-muxabbat kabi ezgu tushunchalar mavjud. Aslida bu kabi ezgu ko`nikmalar qon tomirimizga singib ketgan o`zligimizning bir ko`rinishi, xolos. Demokchi bo`lganimiz, oltin merosini, tarixini qadrlaydigan yoshlari bor yurtning kelajagi o`tmishi kabi buyuk bo`ladi. Biz avlodlar dunyoda tinchlik barqaror bo`lishini tilagan holda, ular jasorati oldida hamisha ta`zimdamiz va ularga barchamiz baralla “Omon bo`ling!” – deymiz.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Zebo

    Inson qadri barcha narsadar qadrlidir

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social