Ishdagi uyquchilikdan ozod bo`lishning 10 ta yo`li

Ishdagi uyquchilikdan ozod bo`lishning 10 ta yo`li

Hayotda shunday vaziyatlar bo`ladiki, kunduzi uyquchilik va ish vaqtlarida har birimizda uxlashga bo`lgan kuchli xohish tug`iladi. Buning natijasida esa ishimizning sifati yomonlashadi, hamda jizzaki bo`lib qolamiz. Xaddan tashqari uyquchilik nafaqat ishimizga xalal beradi, balki bolalar bilan vaqt o`tkazishga va ularning tarbiyasiga ham o`zining ta`sirini o`tkazadi. Insondagi bunday kunduzgi uyquchilik holatlarni tibbiyot tilida gipersomniey deb ataladi.

Kunduzgi uyquchilikning kelib chiqishining asil sababi, bu tungi uyqudir. Tungi uyquning etarli darajada bo`lmasligi sizning hayot tarzingizdagi tempni pasaytiradi. Tungi uyqusizlik odati, etarlichi kunduzgi uyquchlikning sababidir. Tungi uyquni yaxshilash hamda kunduzgi uyquchilikning oldini olish uchun quydagi maslahatlarni amalda qo`llab ko`rishni sizlarga tafsiya etamiz.

1.To`yib uxlang. Ko`pgina yoshi kattalar 1 kunda 7-9 soat, o`smirlar esa 9 soatdan ko`proq uxlashlari talab qilinadi. Ayrimlar ertalabgi ishlar uchun 1-2 soat vaqt sarflashlari odat tusiga kirib qolgan. Shunday ekan, ertalabgi ishlaringizni qisqartirib bu vaqtni uyqu uchun sarflang.

2.Sizni jalb qiladigan barcha buyumlarni krovatinigiz yoki yotish joyingizda olib tashlang. Krovatingizni faqat uxlash uchun ishlating. Krovatda televizor ko`rish, noutbukda ishlash va turli xil video o`yinlarni o`ynash yaramaydi. Shuningdek, yotish joyingizda telefoningiz orqali uzoq suxbatlarni to`xtating. Yuqoridagi barcha salbiy odatlar sizning uyqungizga ta`sir ko`rsatadi.

3.Uyquni har kuni bir vaqtda rejalashtiring. Uyquchilik bilan muammosi bor insonlar, har doim belgilangan bir vaqtda uxlashni va uyg`onishni o`rganishlari lozim. Hattoki dam olish kunlarida ham ushbu qoidaga amal qilishlari kerak.

4.Asta sekin boshqa vaqtga o`ting. Agarda siz juda ham kech uxlashgan odatlanib qolgan bo`lsangiz, avvaliga bir necha kun har doimgiden 15-20 daqiqa vaxliroq uxlashga harakat qiling. Sababi birdaninga 1-2 soat oldin uyquga yotishni odat qilishdan ko`ra, asta sekinlik bilan uyqu vaqtini o`zgartirish samaraliroqdir.

5.O`z vaqtida ovqatlaning. Ertalabgi nonushta yoki tushlik va kechgi ovqatni bir xil vaqtda tanavvul qilsangiz kunlik hayot tarzingiz maromida bo`lishiga yordam beradi. Ertalabgi foydali nonushta va tushlik kun davomida sizga yanada g`ayrat qo`shib, kechgi uyqu vaqtingiz samarali bo`lishini taminlaydi. Kechgi ovqatni esa uyqudan 2-3 soat avval tanovur qilishni maslahat beramiz.

6.Jismonan faol bo`ling. Xar kuni taxminan 30 daqiqa badan tarbiya mashqlarini qilib turing. Bunday mashqlar kun davomida miyaning ishlash faoliyatini yaxshilab, tunda tezda hamda tinch va sokin uxlashga yordam beradi.

7.Kun tartibingizni rejalashtiring. Agarda kun davomida 7-8 soat uxlash imkoni bo`lmasa, u holda kuningizni to`g`ri rejalashtiring. Ayrim kechki ishlaringizni ertalabga rejalashtiring. Unchalik muhim bo`lmagan ishlarni esa bir chetga surib qo`ying. Shuni yodda tutingki tunda meyorida uxlash, ertangi kuningizda ishlashga yordam beradi.

8.Uyquga xohish bo`lmaguncha yotog`ingizga yotmang. Charchoq bilan uyquga bo`lgan xohish farqlanadi. Uyquga bo`lgan xohish tug`ilganda va ko`zlaringizni yumilayotganini his etganingizdagina krovatga borib yoting. Bu charchoqdagi uyqudan yaxshiroq uyqu bo`ladi.

9.Kechqurun mudramang. Kechquringi qisqagina uyqu, tungi uyquingizga salbiy ta`sir o`tkazadi va shuningdek kunduz kuni uyquga bo`lgan xohishingiz yanada ortadi.

10.Tunda spirtli ichimliklar ichishdan o`zingizni olib qoching. Spirtli ichimlik bizni yaxshi uxlashimizga yordam beradi deb o`ylaymiz. Spirtli ichimlik chuqur uyqu va yaxshi dam olishni imkonini beradi. Ammo vaqt o`tib siz bunday no tabiiy odatga o`rganib, spirtli ichimlik ichmasdan tunlari uxlolmay qolasiz.

Biz ushbu maslaxatlar sizga yordam beradi degan umiddamiz. Barchangiz tunlari yaxshi va maroqli orom olishingizga tilakdoshmiz!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. madina

    rahmat, juda yaxshi maslaxatlar uchun, lekin ularni xammasiga rioya qilish albatta qiyin buladi. ammo qilsa buladi.

  2. jahon

    lekin xar kuni xam bir xil bulmaydi

  3. joker

    YAHSHI MASLAHATLAR, LEKIN BULARNI BAJARISH UNCHALIK HAM OSON EMAS, CHUNKI HAYOTDAGI HAR XIL MUOMMOLAR KUNLIK REJANI O’ZGARTIRIB YUBORADI.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social