“Kar xotin” – ibratli hikoya

“Kar xotin” – ibratli hikoya

Bir kuni bir erkak xavotirlana boshladi, chunki uning xotini yomon eshitishni boshlagan edi. U o`zicha endi xotinaga eshitish mosalamasi kerak bo`ladi deb o`yladi. Lekin, qanday qilib shu muammoni xotiniga aytishni bilmadi va u oilaviy shifokorga murojat qildi.

Shifokor uyda oddiy test sinovini o`tkazib ko`rishni maslahat berdi va shu orqali kasallikni aniqlashni tushuntirdi. Ya`ni, xotiniga istagan savolni 12 metr uzoqlikda berishni, agarda javob bermasa 9 metr uzoqlikda savol berishni, agarda bu ham ishlamasa 6 metrni sinab ko`rishni va keyin 3 metrdan ham so`rab ko`rishni tushuntirdi. Ana shundan so`ng kasallik mavjudligi yoki yo`qligi bilib olish mumkin edi.

O`sha kuni kechasi uning xotini oshhonada bir nima tayyorlab turgan edi, u esa xonasida ishlab o`tirgan edi. Er o`zicha o`yladi: “Hozir men taxminan 12 metr uzoqlikdaman. Shifokor maslaxatidan foydalanishim kerak.”

-Xotin, kechki ovqatga bizda nima bo`ladi?

Javob kelmadi. O`shanda er korridorga chiqib va 9 metr masofada bo`ldi.

-Ey Xotin, kechki ovqatga bizda nima bo`ladi?

Yana javob kelmadi. U yaqinroq bordi. Endi ularning orasida 6 metr masofa bo`ldi.

-Onasi, sen nima tayyorlayapsan?

Javob bo`lmadi. O`shanda er oshxona eshigi yoniga kelib, ularning orasida 3 metr bo`ldi.

-Xotinjon bugun biz nima eymiz?

Afsuski bunda ham xotini javob bermadi.

Endi esa yoniga borib turdi.

-Xotin, bugun bizda kechki ovqatga nima?

Xotini o`girilib, shunday javob berdi:

-Dadasi, men beshinchi marotaba takrorlayapman…..Tovuq!

Manba: marketium.ru

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Бобур

    Бу маълумотни xabardor.uz дан олганийланиям ёзиб куйила

  2. FAZO.TV

    Салом Бобур. Биз бу мақолани xabardor.uz дан олганимиз йўқ, ҳатто шунақа мақола у сайтда борлигини ҳам билганимиз йўқ. Мақолани асл манбаси кўрсатилган, кириб текшириб кўришингиз мумкин. Изоҳ берганингиз учун Рахмат!!!

  3. Bobur

    Unda yaxshi. Ishingizga omad. Faqat ko`proq qiziqarliroq shunaqa xikoya xabarlarni qo`yib turila

  4. Bobur

    Ман укиганимда асл манбаси курсатилмаган эди.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social