Kim aybdor? Dono masal!

Kim aybdor? Dono masal!

Bir mahallada ikki oila yashar ekan. Ular qo’shni edi. Bir oilada doimo janjal, ikkinchisida esa doimo tinchlik ekan. Bir kuni, qo’shni oila doimo tinch oilaga havas qilib, xotini eriga debdi:

-Qo’shnilarimizga borib qarang, hammasi yaxshi bo’lishi uchun ular nima qilishyapti?

Eri borib, yaxshilab bekinib, kuzatibdi.

Qarasi qo’shnisining xotini uyda polni yuvayotgan ekan, xotini nimagadir chalg’idi va u oshxonaga yugirib ketdi. Shu vaqtda esa uning eri uyga kirib keldi va polda turgan suv bilan chelakni ko’rmasdan, unga qoqilib suvni to’kib yubordi.

Shu vaqtda xotini qaytib kelib, eridan kechirim so’rab dedi:

-Kechiring, bu mening aybim.

-Eri: Yo’q, sen meni kechir bu mening aybim.

Bu voqeani kuzatgan qo’shni o’z uyiga qaytib keldi. Xotini undan so’radi:

-Nima ko’rdingiz? Nima bo’ldi? Ularning siri nimada ekan?

-Hammasin tushundim! Juda oson ekan… bizda hamma xaq, ularda esa hamma aybdor.

O‘z ichidan bo‘linib ketgan har bir shohlik huvullab qoladi, o‘z ichidan bo‘lingan shahar ham, xonadon ham barbod bo‘ladi.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Rasul

    Barakallo! Juda ajoyib hikoyani joylashtiribsizlar. Saboq beruvchi desam ham bo’ladi. Afsus bizlarning qo’shnilarimiz bu oiladan ancha farq qiladi. Ular kechirim so’rashni bilmaydi. Oiladagi muammolarda barchani ayiblaydiyu, lekin o’zini emas. Manimcha, kechirim so’rashni bilmagan yoki kechirim so’rashga qo’rqqan odam noshukur bandadir. Kechirim so’rashni faqat mard insonning qo’lidan keladi. Aytgancha, haqiqiy sevgi ham kechirim so’rashga undar ekan.

  2. Fozil

    Hozirgi kunda rosa chiroyli gapiradigan, internetdagi chiroyli statusladan gapiradiganlar rosa kupayib ketgan. Ijtimoiy tarmoqdagi profilinga ajoyib status quyish bilan inson uzgarib qolmaydi. Yuqoridagi masalga uz fikrimni bildirarkanman, bu voqealar barchasi eski zomonlarda qolib ketgan

  3. Fozil

    Hurmatli Rasul, barcha narsani inson uzidan boshlagan ma’qul

  4. Rasul

    Hormang Rasul. Ha, gapingiz to’gri. Dunyoni o’zgartirmoqchi bo’lsang, o’zingdan boshla deganlari haqiqat. Biz aql o’rgatishni yoqtiramizu, lekin bularga o’zimiz amal qilmaymiz. Avvalam bor o’zimizdan boshlash kerak. Rahmat.

  5. Rasul

    Hormang Rasul. Ha, gapingiz to’gri. Dunyoni o’zgartirmoqchi bo’lsang, o’zingdan boshla deganlari haqiqat. Biz aql o’rgatishni yoqtiramizu, lekin bularga o’zimiz amal qilmaymiz. Avvalam bor o’zimizdan boshlash kerak. Rahmat.

  6. Rasul

    Voybo’, ikki martta qoldirilibti. Undan tashqari Fozil ismi Rasul bo’lib qolibti. Ming bor uzr.

  7. Gulli

    Assalom alaykum manimcha birovni ayblashdan oldin in son oziga nazar tashlashi kerak inson zoti borki hato qilguvchi avval pziga qaragan inson birovni darhol aybdor sanamaydi birovni ayblashdan oldin gapning pxitiga kelib togri xulosa chiqarishi kerak

  8. Gulli

    hamma ozini haq bilsa har doyim ham yaxshilika olib kelmaydi

  9. Тимур

    Хар доим хак одамни узи бумаса кере

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social