Kimga ishonishim va kimdan qo’rqishim kerak?

Kimga ishonishim va kimdan qo’rqishim kerak?

Sen qanchalik insonlarni tanib bilishda adashasan? Ularga to’liq va shubhasiz ishonasanmi? Ammo dunyo bizni go’llik va samimiylik ikki xil narsa deb o’rgatadi. Insonlarni qanday qilib haqiqiy kimligini bilish mumkin? Javob quyidagi qisqa, ammo juda dono masalda berilgan:


Bir kuni shogird donishmanddan so’radi:

– Qanday qilib odamlarni tanib bilishga o’rganish mumkin, kimga ishonishim va kimdan qo’rqishim kerak?

– Men boshidan senga kimdan qo’rqishing kerakligini aytib beraman, – dedi donishmand.

– Ko’rinishidan kamtar bo’lgan insondan ehtiyot bo’l! Agarda kimdir sening oldingda ta’zim qilayotganini ko’rsang, seni bag’ringa bossa va uning g’ayritabiiy qarashlarini kuzatsang, shundan sen qo’rqishing kerak. Bu juda muhimi!

– Qanday qilib, ustoz?” – shogird ajablandi. – Menga tushuntiring!

– Chunki u birinchi bo’lib senga xiyonat qiladi. – deb xo’rsinib javob berdi donishmand.

– Unda men kimga ishonishim kerak? – deb shogird so’radi.

Sen bilan sodda bo’lgan va senga haqiqatni aytadigan, nima bo’lishidan qat’iy nazar senga yordamingga tayyor bo’lgan insonga ishon! Haqiqiy kamtarlik doimo sezilmaydi, shuning uchun uni topish oson emas. Lekin uni topsang, u senga hech qachon xiyonat qilmaydi. – dedi donishmand.


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social