Ko`k va qizil ko`z oynakning farqi nimada? Erkak va ayolchi…?

Ko`k va qizil ko`z oynakning farqi nimada? Erkak va ayolchi…?

Ko`k va qizil ko`z oynak farqini va ularning ahamiyati ko`pchilik uchun  sir emas. Ularning eng katta farqi bu – ularning rangidadir. Chunki ko`k ko`z oynak taqib atrofga qarasak, atrof muhit ko`kimtir rangda jilovlanadi. Qizil rangli ko`z oynak taqsak, atrof qizg`ish rangda ko`rinadi. Mana ularning eng katta farqli taraflaridan biri.

Erkak va ayolchi? Ularning farqlari nimada? Insoniyat paydo bo`lgandan buyon muqaddas oila tushunchasi mavjudir. Oilada esa er va ayol hamisha bir birlarini tushinishmaydi. Buni oddiy bir misol bilan tushintirish mumkin. Ular dunyoga ikki hil ko`z oynak bilan qarashadi. Ya`ni erkaklar dunyoga ko`k ko`z oynak bilan nazar solsa, ayollar esa aksincha qizil ko`z oynak bilan dunyoga nazar solishadi. Mana ularning farqi.

Bu farqlilik esa mana necha yildirki er va ayolning oiladagi kelishmovchiligiga sabab bo`lib kelmoqda. Vaholanki oiladagi bo`layotgan muammolarda er yoki ayolning xatosida emas. Bu erkak va ayolning fikrlashlari, muhtojliklari va dunyoga bo`lgan nazarlari turlichadir.

Erkak va ayol farqi nafaqat fiziologik tuzilishida emas, balki ularning psixologik va ijtimoiy holatida ham farqlikni ko`rishimiz mumkin. Agarda shularni bilib olsangiz, erkak va ayol orasidagi ko`pchilik tushunmovchilik nega kelib chiqishini va uni oldini olish mumkin bo`ladi.  

Erkak uchun xurmat, ayol uchun sevgi muhim. Xar qanday vaziyatda ham erlar o`zlarini xurmatga sazovor deb his qilishlarini xohlaydilar. Erkak turmush o`rtog`ining sevgisini xurmat orqali tushunadi. Ayollarda esa aksincha, xar doim o`zlarini sevimli yor sifatida ko`rishni xohlaydilarva bu ularning orzusi. Qaysidir er uchun xurmat bu-ishdan qaytganda ayoli uni chiroyli tabassum bilan kutib olishi, kimgadir esa ayoli uni boshqalar oldida kamsitmasligi, ba`zilarga esa ayoli uyni sarimjon va sarishta qilib tozalab qo`ygani xurmatdir. Ayollar uchun sevgi nima? Turmush o`rtog`idan kutilmagan sovg`a olish, shirin so`z, uning uy ishlariga ko`maklashish va boshqalardir.

davomi

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Лайло

    тўғри биз учун энг муҳими ширин гап. smile

  2. a

    эркаклар учун хурмат

  3. Нодир

    Эркак учун хурмат, аёл учун севги муҳим! Бу фикрга мен хам қўшиламан.

  4. Номаълум

    Oiladagi kelishmovchilik bu muammo emas. Balki bu bir-birimizni yanad ko’proq tushinishimiz va bir-birimisni ko’proq bilishimiz uchun imkoniyatdir. Maqola uchun katta raxmat.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social