Maqsadni aniqlashtirish!!!

Maqsadni aniqlashtirish!!!

Sizning qanchadan-qancha niyatlaringiz, oruzlaringiz bor?! Shundaymi? Atrofimizdagilarning yuraklari niyat, xohish va istaklarga to`la. Bir dunyo orzu bilan yashaydigan, ko`p narsani istaydigan zamondoshlarimiz bor. Agar birortasidan nimani istaysan, deb so`rasangiz: «Sog`-salomat bo`lishni, baxtli va boy bo`lishni istayman» – deb javob beradi. Bu har bir insonning istagi. Agar hamma shuni istasa, nega juda kam kishilargina sog`-salomat bo`lib, baxtli va boy-badavlat yashaydi?! Buning sababi nimada? Biz har kuni o`z og`zimizdan yoki atrofimizdagilarning og`zidan, «Menimcha yaqin o`rtada u ishni qilsam kerak» «Mana bu ishni qilib ko`rishga harakat qilaman», «Xudo hoxlasa u qilaman, bu qilaman» – degan gaplarni eshitamiz.

Yuqoridagi «Sog`lom, baxtli va boy» bo`lish istagi juda umumiy aytilgan istak. Keling, sizlar bilan «boy bo`lish» tushunchasini ko`rib chiqaylik. Masalan, kishi o`zini boy deb hisoblashi uchun qancha mablag` topishi kerak? Hozir topayotganidan ikki-uch  barobar ko`proqmi? Ëki o`n barobar ko`proqmi? Boy bo`lishni istagan kishi katta hashamatli uyda yashashni, chiroyli mashinalarda yurishni istaydi. Hozirgidan ikki-uch barobar ko`proq pul topib ham bunday narsalarga erishib bo`lmaydi. Demak kishi hozir topayotganidan o`n barobar balki undan ham ko`proq pul topishi kerak. Ko`pchilik kishilar boy bo`lishni istaydi, lekin ulardan kamchiligigina haqiqatda nimani va nima uchun istashini biladi. Agar siz biror nimani istasangiz, uning eng mayda-chuydalarigacha aniq bilib olishingiz kerak bo`ladi.

Nimadir istashning o`zi etarli emas. Shu bilan birga aniq maqsadga qo`shimcha ravishda inson nima uchun shuni istashi va bu maqsadga etishish kishiga qanday foyda keltirishini ham bilishi zarur.  Atrofimizda juda ko`p kishilar, ayniqsa yoshlar hech qanday jiddiy maqsadi, niyatga etishish uchun aniq xatti-harakatlari bo`lmagani sababli hayotda hech narsaga erisholmaydilar. Keyin esa o`zining bu baxtsizligi uchun boshqalarni, ota-onasini, o`qituvchilarini, boring-ki ayblash mumkin bo`lgan hammani ayblaydi. Aslida kishi nimani istasa, o`shanga, hatto undan-da ortig`iga erishishi mumkin.

Lekin buning uchun u nima istashini aniq bilishi zarur. Biror nimaga erishish uchun eng avvalo aniq maqsad bo`lishi kerak. Kishi o`z kelajagini qurishi uchun nimaga ega bo`lish va aynan qachon shunga ega bo`lishni belgilashi va shunga qarab intilishi kerak bo`ladi. Masalan, siz hafta tugagunga qadar bir ishni bitirishingiz zarur bo`lsa, butun hayolingiz o`sha ishni tugatishda bo`ladi.

To o`shani belgilangan muddatda tugatmaguningizga qadar, tinim bilmaysiz, televizor ko`rishdan, keraksiz narsalarga vaqt sarflashdan o`zingizni tiyasiz. Qarabsizki, hafta oxirida o`sha ishingizni bitirib bo`lasiz. Siz harakat qilayotgan maqsad ham xuddi shu tartibda ishlaydi. Diqqatingizni, harakatlaringizni va xohishingizni o`sha oldingizga qo`ygan maqsad tomon yo`naltiring. Shunda unga erishasiz. Bu mavzuda fikrlaringiz bo`lsa, marhamat bilidiring.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. umida

    insonda xar doim intilishga maksad bulishi kerak!

  2. a

    бу кийин, чунки бази бир холатлар борки, биз узимизнинг максадимизга эришиш учун кимларгадир боглик булиб коламиз, базан вазият бизнинг максадимиздан устун келади, хамма нарса хам узимизга боглик эмас

  3. uzbek

    a – tugri aytyapsiz, bilassmi, shuning uchun ham biz oldimizga maqsad quyganda o’zimizning imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda niyat qilamiz, maqsad quyamiz. shularni inobatga olmasak, oldimizga quygan maqsadlarga erishish qiyin

  4. madina

    Муаллиф: a – lekin men uyliman xamma narsa faqat bizga bog’lik,va men uyliman vaziyat maqsadlarimiz ustin kelmaydi,prosto biz qo’larimizni tushuramiz!

  5. Bahrom

    Xa odamda maqsad bo`lish kerak.. faqat u maqsad etishaman deb yondagi yaqinlarni dilini og`ritib quymaslik kerak.. Yana wuni quwimcha qilamanki maqsadni aniqlashtirishda inson o`zini sharoitiga qarash joiz… aks holda inson umidsizlanish, tushkinlik, irodasizlik kabi holatlarga tuwib qoliwi mumkin…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social