Men nima kiysam ham, men o’sha Genri Fordman

Men nima kiysam ham, men o’sha Genri Fordman

Bir kuni Genri Ford Angliyaga kelgan edi. U aeroportdagi so’rov bo’limidan shaharning eng arzon mehmonxonasini so’radi. Ishchi unga qaradi  va u mashxur inson yuzini tanidi. Genri Ford butun dunyoga tanilgan. Bir kun oldin, gazeta maqolalarida uning katta fotosuratlari joylashtirilgan edi. Hozir esa, u yerda turib, o’zidan katta ko’rinadigan plash kiyvolib, eng arzon mehmonxona haqida so’rayapti. Ishchi undan so’radi:

– Agar men adashmasam, siz janob Genri Fordsiz. Men sizning suratingizni yaxshi eslayman.

– Ha, – deb javob berdi u.

Bu ishchini chalkashtirib yubordi va u shunday dedi:

– Siz eng arzon mehmonxona so’rayapsiz va yoshi katta ko’rinadigan plash kiyib yuribsiz. Sizning o’g’lingiz bu yerga kelganini ko’rdim, u har doim eng yaxshi mehmonxonada turadi va u juda yaxshi kiyingan edi.

Genri Ford shunday deb javob berdi:

– Ha, o’g’lim, o’zini ko’rsatishni sevadi va u hali juda ko’p narsa o’rganishi lozim. Men esa qimmatbaho mehmonxonada qolishimga hojat yo’q. Men qayerda bo’lsam ham, Genri Fordman. Eng arzon mehmonxonada ham, men Genri Fordman, hech qanday farq yo’q. O’g’lim hali juda yosh, tajribasiz, u arzon mehmonxonada to’xtab qolsa, odamlarning fikrlashlaridan qo’rqadi. Va bu plash – ha, bu kostyum menga otamdan qolgan, lekin bu muhim emas. Nima uchun yangi kostyum kerak? Men Genri Fordman, men nima kiysam ham, men o’sha Genri Fordman. Va qolgan narsa muhim emas.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social