Milliarderlar sizdan ko’ra yaxshiroqmi? Yo’q!

Milliarderlar sizdan ko’ra yaxshiroqmi? Yo’q!

Sizga milliarderlar maxsus insonlar toifasi deb ko’rinishi mumkin. Ularning qo’lidan ko’p narsa keladi, ular o’z orzularini ro’yobga chiqarishadi va yuqori cho’qqilarga yetib boradi. Ular sizdan ko’ra yaxshiroq deb o’ylaysizmi? Bu unday emas!

Iltimos milliarderlar pullari ko’pligi uchun sizdan ko’ra yaxshiroq deb o’ylashni bas qiling.

Milliarderlarning kun tartibi, ularning odatlari – bu ularning omad kaliti deb o’ylashni bas qiling.

Milliarder bo’lish – bu hayot yoki biznesning asosiy maqsadi emas.

Milliarderlar – domla, daho, payg’ambar yoki super qahramonlar emas.

Umuman olganda milliarderlar haqida shu kabi o’ylashlarni bas qiling.

Milliarder – bu ideal inson emas!

Xa, bu kabi inson ko’p narsalarga erishgan. Ular yaxshi g’oyalar ustidan tinmasdan ishlaganlar. Bu insonlar o’z orzularini ro’yobga chiqarishdi.

Albatta buning barchasi to’g’ri. Ammo milliarderlar hech qachon hato qilishmaydi, ularni hukum qilish mumkin emas va ular boshqa insonlardan yuqora degani emas! Chunki ko’pincha biz ularni shunday tassavur qilamiz.

Milliarderlar yolg’iz bo’lib muvafaqqiyatga erishmaydilar!

Ishoning “Ilon Mask”  SpaceX raketasini o’z garajida yasamagan. U qobiliyatli muhandislarni taklif qilgan. Tesla elektromobilini ham yolg’iz yaratmagan. Steve Jobs iPhone ni bir o’tirishda yaratmagan-ku!

Xa, milliarderlar – yaxshi g’oyalarni topishni bilishadi. Ammo ular bu g’oyalarni yolg’iz ro’yobga chiqarisholmaydi. Ular muvaffaqiyatga faqatgina boshqa qobiliyatli insonlar bilan hamkorlikda ishlaganda erishdilar.

Milliarderlar – yomon insonlar emas!

“Yaxshi” yoki “yomon” – bu pul bilan bog’liq bo’lgan harakter qirralari emas. Boyliq sizni aqlli qilmaydi, bitta sohadagi muvaffaqiyat, boshqa ishlarda ham muvaffaqiyatli bo’lishi degani emas va bu narsa sizni ideal qilmaydi.

“Ilon Mask”ni hurmat qilish kerakmi? Albatta. Milliarder bo’lgani uchun emas, balki noyob narsani yaratib va dunyoni o’zgartirmoqchi bo’lgani uchun.

Xulosa!

Milliarderlarning asosiy sifatlari haqidagi ro’yxatlarni eshitishni bas qiling, o’z orzularingizni bu asosida ko’rish noto’g’ridir.

Esta tuting, biznesda asosiysi daholik va orzu emas, balki tinmay mehnat qilishdir.

Dunyodagi barcha insonlardan ko’ra yaxshiroq bo’lishga intilmang. Insonlar bilan hamkorlikda ishlang.

Milliarderlarga cho’qinish uchun vaqtingizni ketkazmang. Balki ulardan nimani o’rganishingiz mumkinligi haqida fikr yuriting!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Valixon

    Har doim milliarderlar bizdan yaxshi deb o’ylardim, bu maqolani o’qib o’ylanib qoldim. Balki rostdan ham ular oddiy insonlardir. Lekin shuncha ishni qilib, oddiy inson bo’lib qolishadimi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social