Uyalchanglikdan xoli bo’lishning 6 ta yo’li

Uyalchanglikdan xoli bo’lishning 6 ta yo’li

Uyalchanglik yoki tortinchog’lik har bir insondagi yaxshi fazilatlardan biri. Albatta bu yaxshi fazilat, lekin ozgina uyalchanglik yoki bo’lmasa tortinchog’lik ortidan qo’rquvni olib kelishi mumkin. Shu sabab, biz uyalchanglik va tortinchog’likni engib o’tishga doyir maslahatlarni ko’rib chiqdik va shulardan 6 tasini havola qilamiz:

  1. Uyalchanglik kelib chiqish sabablarini aniqlash

1Siz uyalchanglik kelib chiqish sababini topishingiz zarur. Buning uchun Siz birinchi marta uyalishni his qilgan vaqtni eslashingiz lozim. Balki bu maktabda bo’lgandir, balki ota onangiz sizni uyaltirishgandir va shunda siz birinchi marta uyalgandirsiz. Yoki bo’lmasam sizdagi uyalchanglik yoki tortinchog’lik omadsiz munosabat sabab paydo bo’lgandir. Nima sabab bo’lganda ham sizdagi qo’rquv kelib chiqishi sabablarini topish zarur – bu eng muhim qadam hisoblanadi.

  1. Muammoni qarab chiqish

2Tushuning, sizdagi qo’rquv va uyalchanglikni uyg’otgan vaziyat allaqachon o’tmishda qolib ketgan. Siz katta insonsiz, siz omadlisiz, chiroyli va sizda uyaladigan hech narsa qomagan.

  1. Boshqalarning fikrlarini eshitmang

4Albatta siz boshqalarning fikrlarini mutlaqo eshitmay qo’ymang degani emas. Biroq, kimdir sizni nima uchundir etarlicha yaxshi inson emasligingizni gapirayotgan bo’lsa, bu holda bunday insonlarni atrofingizda bo’lishlariga yo’l qo’ymang va bunday insonlar fikri bilan yashamang.

  1. Gapirishda dono bo’ling

5Yaxshi kiyingan, tashqi ko’rinishidan tartibli va gap so’zni joyiga qo’yib gapiradigan insonlar bilan suhbat olib borish har doyim ham yoqimli bo’lgan. Bu fazilatga ega bo’lish barcha uchun foydali. Sizda o’zingizga nisbatan ishonch paydo bo’ladi, sababi siz fikrlaringizni osongina bayon eta olasiz. Fikrlarni oson bayon eta olish insondagi qo’rquv va tortinchog’likni engib o’tishga yordam beradi.

  1. O’zingiz bilan o’zingiz suhbatlashing

6Bu texnika o’zingizga nisbatan hurmat paydo bo’lishi va uyalchanglikdan xalos etadi. Oyna oldiga borib o’z o’zingiz bilan suhbatlashing. Nima haqida suhbatlashishning mutlaqo farqi yo’q. Suhbat davomida o’zingizni kuzating. Chexrangizdagi sizga yoqqan o’zgarishlar, yoki yoqimli holatlarni toping va boshqalar bilan suhbatda bo’lganingizda shularni qo’llang.

  1. Ochiq inson bo’ling

111Har qanday kichik uyalchanglik yoki tortinchog’lik ortidan katta qo’rquv olib kelishi mumkin. Ochiq inson bo’lishga harakat qiling. Yangi do’stlar ortirishdan va munosabat qilishdan qo’rqmang. Samimiy va o’zgacha bo’ling, axir odamlar bizdagi aynan samimiylikni va o’zgachalikni qadrlashadi.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. D

    Juda yaxshi maslahatlar buldi katta rahmat

  2. Fazo.tv

    Sizga rahmat! Biz bilan qoling smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social