Murakkab video o`yinlar tajovuzni oshiradi?!

Murakkab video o`yinlar tajovuzni oshiradi?!

Ilmiy tadqiqot natijalari ko`rsatdiki, video o`yinlar haqiqatdan ham tajovuzli axloqni haqiqatga olib chiqadi. Biroq shunday axloqning sababi o`yinning murakkabligida emas, balki o`yin jarayonidan o`tishdagi qiyinchiliklardandir.

Tadqiqot turli hil video o`yinlar bilan foydalangan holda studentlar bilan o`tkazilgan edi va bunda “Half Life 2” dan boshlab to “Tetris” gacha bo`lgan o`yinlar sinalgan. Bir necha o`yinlar jaxl chiqarish uchun maxsus qilib o`zgartirilgan edi. Natijada, qachonki o`yinning tajribasi bizning shaxsiyatimizga tegsa, bu dushmanlikning o`sishiga olib kelishini tadqiqot natijalari ko`rsatib berdi. Shunday qilib, hattoki eng xavfsiz, masalan “Tetris”ga o`xshagan o`yinlar tajovvuzni paydo bo`lishining sababchisi bo`lishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, yaqinda “Flappy Bird” oddiy o`yini katta janjalga sabab bo`ldi. Ushbu o`yinda sariq qushcha bilan o`ynashga imkoniyat beriladi va xar hil to`siqlardan o`tib borish kerak. O`zining qiyinchiligi va g`ayrioddiyligi uchun o`yin tezlik bilan mashxur bo`lgan.

Ko`plab foydalanuvchilarning ta`kidlashicha, “Flappy Bird” o`yinida mag`lub bo`lganlarida ularda tajovvuz hissi paydo bo`lgan. Minglab insonlar shu o`yinni deb o`zlarining “ayfonlarini” sindirganlar. Loyihaning raxbariga ko`plab salbiy habarlar keldi va natijada “App Store” va “Google Play” dunyodagi eng maxshur o`yinlardan birini o`chirib tashlashga majbur bo`ldi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. gameboy

    e togri aytasiz, uyinlar narkotikga uxshaydi, va yana jaxlimizni ko’p chiqaradi smile lekin shu maqoladan keyin shu uynni Flappy Bird uyni urgandim,manga yoqdi 😉

  2. komil

    to’g’risi man shu flappy birdni o’ynab rosa asabimmi o’ynadi, sal qoldi telefonimni otvorishga

  3. islom

    ман хам уйнаб курдим шу уйинни ва манга ёкди ))) азарт уйин узи

  4. bale

    узи уйинлар одамга дам олишга ёрдам бериши керак, аммо жахларни чикарадию

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social