Nima uchun aqlli insonlar sevib qolishi qiyin?

Nima uchun aqlli insonlar sevib qolishi qiyin?

Har bir inson hayotida shunday vaqtlar keladiki, ular sevib qolishadi. Bu narsa bizning his-tuyg’ularimizdir. Biroq ba’zi bir insonlarga sevgi osonlik bilan berilmaydi. Nima uchun? Buni quyida izohlab berishga harakat qilamiz:

  1. Ular o’zining va boshqalarning his-tuyg’ularini analiz qilishadi.

Aqlli insonlar ma’lumotlarni yig’ishda va xulosa chiqarishga ustalar. Ushbu qobiliyatlar o’zlari bilan hazil qilishi mumkin ya’ni ular munosabatlarda qiyinchiliklarni ko’rganda osonlik bilan “qochishga” tayyor. Tushunmovchiliklar, janjal? Demak biz bir birimizga mos emasmiz, hayr!

2. Ular ochilishlari uchun ko’proq vaqt kerak bo’ladi

Miya har doim harakatlanadi, u doim nima uchun sevgi ishlari yurishmagani haqidagi omillarni va sabablarni izlaydi. Natijada, aqlli insonlarga boshqalar yonida ochilishi qiyin. Shuning uchun ular ba’zida sovuq ko’rinadi, aslida esa unday emas.

3. Ular o’tmishdagi tajribaga suyanishadi

Bu aqlli insonlar tushadigan yana bir tuzoqdir. Ularning o’tmishidagi munosabatlarini buzgan narsa. Hozirgi munosabatlarini buzmasligi mumkin, ammo ularga buni tan olish qiyin. Ular o’tmishda ajralib ketish qanchalik qiyin bo’lganini yaxshi bilishadi va o’tmishdagi tajribani yangi insonlarga olib keladilar.

4. Yolg’izlik – ularning tanlovi

Huddi shunday. Aqlli insonlar “noto’g’ri” inson bilan bo’lishdan ko’ra, yolg’iz qolishni afzal ko’rishadi. Bu ularning qarori.  Ko’p vaziyatlarda insonlar qandaydir sabablar tufayli yolg’iz emaslar, ba’zida ular o’zlari buni tushunishadi va yolg’iz bo’lishni istashadi.

Adme.ru saytidan tarjima qilindi.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Karim

    Ye, aqlli ekanmende)))

  2. Jasmina

    Men aqlli inson qisoblanarkaman

  3. Fazo.tv

    smile Shunday ekan smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social