Nima uchun bolalar bilan o’ynaganda yon berish kerak emas?!

Nima uchun bolalar bilan o’ynaganda yon berish kerak emas?!

Har bir bola, ertami-kechmi mantiqiy va intellektual o’yinlar bilan qiziqishni boshlaydi. Bu holatda ota-onalar nafaqat o’qituvchilar, birinchi munosib raqib bo’lib qolishadi.

8 va 11 yoshida bo’lgan mening bolalarim shaxmat o’rganishni boshlashdi. Men o’zim bu o’yinda professional emasman va bir-ikki yildan keyin ular mendan o’tib ketishiga amin edim. Lekin meni bir savol bezovta qilar edi: ular o’rganguncha mening doimiy g’alabalarimdan xafa bo’lishmaydimi?

Bir kuni mening 10 yoshli o’g’lim so’radi: “Dada, men sizni hech mag’lubiyatga uchrata olamanmi?”

Men esa shunday javob berdim: “Qachon sen ahmoqona xatolar qilishni to’xtatsang va o’yinning nozik joylarini o’rgansang, shunda sen albatta g’alaba qozonasan”. Asta-sekin, men o’z strategiyamni va qanday qilib 2-3 qadam oldinga harakatlarni o’ylash haqida aytib berdim. U katta dalda oldi va shaxmat o’rganishni boshladi.

Bir kuni – oradan 2 yil va 100 dan ortiq o’yin o’tgach – u nihoyat meni mag’lubiyatga uchratdi. U juda xursand edi. U nafaqat g’alaba qozondi, u meni ataylab o’yinda pachoq qildi.

– Dada, siz menga g’alaba qozonishga yo’l qo’ydingizmi? – Uning asosiy savoli shunday edi.

– Yo’q, o’g’lim. Agarda senga doim g’alaba qozonishga ruxsat berganimda, men seni hech narsaga o’rgata olmasdim. Sen haqiqiy g’olib tuyg’usini bilishing kerak edi. Sen meni mag’lub qilish uchun uzoq vaqt ishlading. Hayotda ham shunday – qancha mag’lub bo’lganinga qaramasdan, asosiy narsa – davom etish, g’alabagacha. Tabriklayman.

Bu bizning oxirgi o’yinlarimizdan biri edi, lekin u hayotiga qimmat saboq oldi. Shunday qilib, Yo’q, farzandingiz bilan o’ynaganda, hech qachon yon bermang!

Siz bu haqida nima deb o’ylaysiz? O’z fikringiz bilan bo’lishing!

Manba: Adme

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social