Nima uchun erkaklar uylanishni istashmaydi?

Nima uchun erkaklar uylanishni istashmaydi?

Bu dolzarb mavzu hisoblanadi. Biz buning asosiy sabablarini ko’rib chiqishga harakat qilamiz. Umid qilaman bu narsa ko’plarga foydali bo’ladi. Biron narsa bilan rozi bo’lmasangiz, qat’iy hukm qilmaslikni iltimos qilaman, chunki buni aynan uylanmagan erkak yozdi.

1. Atrofdagilarning misoli

Bu narsa oiladan boshlanadi. Ota-ona orasidagi munosabatlar qanday? Erkak asosan shu narsadan xulosa chiqarishi mumkin. Agarda oilaviy munosabatlarda tinchlik bo’lmasa, agar keyin hamma narsa shunchalik yomon bo’lsa, nima uchun uylanish kerak degan fikr paydo bo’lishi mumkin. Aksincha, agar ota-ona munosabatlari yaxshi bo’lsa, shunda uylanishga to’g’ri tushuncha bilan qaraydi.

Shuningdek, yana do’stlar, televidenie, kino, va hokazolar kuchli ta’sir qilishi mumkin. Biz tez-tez turmush bu muammo, bu katta ish, nima keragi bor, shu muammo kerakmi degan ko’plab gaplarni eshitishimiz mumkin. Bularning hammasi juda katta ta’sir ko’rsatadi.

2. Javobgarlikdan qo’rqish

Ko’plab erkaklar javobgarlik tushunchasini salbiy his-tuyg’ular bilan bog’liq deb o’ylaydi.

9 yoshli bola ota-onasiga supermarketdan og’ir paketni olib kelishga yordam bermoqchi bo’ldi. Natijada, paket uning qo’lida uzilib tushdi, shisha idishdagi sut sindi. Ota-onasi uni urishdi. Chunki bu sut ertalabki nonushta tayyorlash uchun juda zarur edi.

Endi bu bolakay javobgarlikni oladimi? Zo’rg’a. Axir, unda javobgarlik = tanqid, salbiy, va hokazo… degan tushunchalar bor. Bundan ko’ra men mas’uliyatni o’z zimmamga olmayman, shunda meni urishmaydilar va javobgarlikning yo’qligi = demak hammasi yaxshi deb o’ylashi mumkin.

Erkak – bu umuman xato qilmaydigan inson emas, balki u o’ziga mas’uliyat oladi, harakat qiladi, xato qiladi, o’zi to’g’irlaydi va harakatda davom etadi.

3. Hozircha erta yoki o’ta javobgarlik

Erkak o’z oilasi va kelajakdagi farzandlari uchun javobgar ekanligini tushunadi. Hozircha erta, oldinda pul yig’ish, uy yoki mashina olish kerak deb o’ylaydi.

“Yaxshi hayot darajasiga erishsam, keyin uylanishim mumkin”. Masalan, menda bolalar haqida shunga o’xshash qo’rquv bor.

Mening oilamda moddiy holat yaxshi emas edi. Shu sababli, ota-onam tez-tez janjallashib turishardi. Shundan kelib chiqib, agarda mening farzandlarim hech nimaga muhtoj bo’lmasliklariga amin bo’lmasam, men farzand ko’rish uchun qiyin qadam tashlayman.

4. Erkinlikni yo’qotish qo’rquvi

Erkaklarda nikoh erkinlik yo’qotilishi bilan bog’liq. Endi do’stlar bilan birga vaqt o’rkazish qiyin bo’ladi, hamda o’z rivojlanishga va sportga bag’ishlashnish qiyin bo’lishi mumkin degan fikrlar paydo bo’ladi.

Chunki endi rasmiy xotiningiz bor va keyin esa farzandlar bo’ladi. Qayerdasiz? Kim bilansiz? Nima uchun qo’ng’irog’imga javob bermadingiz… degan savollar ko’payib ketadi degan fikrlar tug’iladi.  Agarda ayol qancha ko’p chegara qo’ysa, erkak shuncha ko’p “qoidalarni buzishni” istaydi.

5. Xato qilish qo’rquvi

Erkak uylanadi, keyin bu behuda ekanligini tushunadi. Shunday qilib, erkak dastlab shubha qiladi va yaxshiroq qiz uchrashi mumkin deb o’ylaydi.

Erkak uchun uylanish – bu qat’iy qarordir va nikohdan bir necha yil o’tib qilgan qarori xato deb tushunishni istamaydi.

Do’stlar endi siz nima uchun erkaklar uylanishni istamasligini asosiy sabablarini bilib oldingiz. Qo’shimcha yoki izohlar bo’lsa komment orqali qoldirishingiz mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social