Nima uchun fikrlarimizning 99 foizi foydasiz?

Nima uchun fikrlarimizning 99 foizi foydasiz?

Bizning fikrlarimizning 99 foizi umuman foydasiz, lekin ular bizning hayotimizni nazorat qilishadi.

Oddiy fikr va xavotirlaringizni eslang:

  • Qiziq men haqimda xo’jayinim nima o’ylayapti?
  • Ishimni yo’qotsam nima qilaman?
  • U meni yaxshi ko’radimi?
  • Menimcha uni men bilan ishi yo’q.
  • Hech narsa qila olmayapman.
  • Nima uchun hayotimdagi hamma narsa yomon?
  • Agar saraton kasalligiga chalinsamchi?
  • Men ishimni yoqtirmayman, menga nima bo’lyapti?
  • Men hech narsa qila olmayapman, menga nima bo’ldi?

Ro’yxat shu tarzda yana davom etishi mumkin. Ho’sh, bunday fikrlardan qanday foyda bo’lishi mumkin? Hech qanday. Fikrlarimizning 99 foizi huddi shunday foydasizdir.

Shu bilan birga, ko’plab insonlar fikrlash tarzini o’zgartirish mumkin emas deb hisoblashadi. Ular “Men o’zimga yordam berolmayman”,”Bu haqida o’ylashni to’xtata olmayman” – deb o’ylashadi.

Aslida, bu faqat amaliyotni talab qiladi.

Stressga qarshi eng yaxshi qurol – bir fikrdan, boshqa fikrni afzal ko’rish qobiliyatidir.

Uilyam Jeyms

Boshqa so’zlar bilan aytganda, biz nima haqida o’ylashimiz yoki o’ylamasligimiz kerakligini o’zimiz hal qilamiz.

Qanday fikrlar foydali?

Muammoni qanday hal qilish haqida o’ylab ko’ring. Muammo – bu shunchaki javob topilmagan savol hisoblanadi.

Qabul qilingan bilimlarni o’zlashtirishga harakat qiling va hayotingizni yaxshiroqqa o’zgartirish uchun ularni qanday qo’llashingiz mumkinligi haqida o’ylab ko’ring.

Qolganlarini butunlay e’tiborsiz qoldirish mumkin. Biz tez-tez o’ylayveramiz va hayotning qanday o’tib ketayotganini ko’rmaymiz. Bugun tongda quyoshning qanday porlashini ko’rdingizmi? Siz qahva xidini yoki yomg’ir ovozini sezdingizmi?

Agar javobingiz yo’q bo’lsa, unda o’ylashga ko’p vaqt sarflashni to’xtatish vaqti keldi. Juda ko’p o’ylashni to’xtating va yashashni boshlang.

Juda ko’p o’ylashni qanday to’xtatish mumkin?

Bu yerda asosiy narsa xabardorlikdir. Har doim behuda fikrlarga chalg’iyotganingizda e’tibor bering. Fikrlash ishini kuzating. O’zingizni hukm qilmang. Faqat o’zingizga shunday deb ayting: “Bu yana bir fikr. Hozir esa haqiqatga qaytaman”.

Fikrlash tarzingizni o’zgartirsangiz, hayotingizni o’zgartirasiz.

Uilyam Jeyms

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social