Nohaq bo`lsangiz tan oling

Nohaq bo`lsangiz tan oling

Kishi o`zining nohaqligini tan olgandan ko`ra turli xil sabablar bilan o`zini oqlashni ma`qul ko`radi. Lekin bu yaxshi usul emas. Agar nohaq ekaningizni bilsangiz yaxshisi uni tan olishni ham o`rganing. Buni oson o`zlashtirib olishingiz uchun bir kishining hikoyasini tinglang: «Men shaharda yashayman. Bir kuni itim yo`lbars  ikkovimiz maydonchada militsiya xodimiga duch kelib qoldik. Uning qo`li hukmfarmolik alomatida keskin harakatlar qilar edi.

«Siz nega o`rmonda itingiz tumshuqg`ilof va bog`ichsiz yugurib yurishiga yo`l qo`yyapsiz?! Nima, bu qonun bilan ta`qiqlanganini bilmaysizmi?»- deb so`roqqa tutdi meni. » «Bilaman, muloyim javob qaytardim, – biroq it bu erda biron narsaga ziyon etkazmaydi deb o`ylagan edim.» «Qonunni sizning nima deb o`ylashingiz qiziqtirmaydi.

Itingiz biror kimni tishlab olishi mumkin. Agar yana bir marta shu ahvolda duch kelsangiz jarima to`laysiz.» Men qonunni buzmaslikka va`da berib hayrlashdim. Va bir qancha vaqt so`zimning ustidan chiqib yurdim. Biroq yo`lbars ham, men ham tumshuqg`ilof hamda bo`yinbog`ni yoqtirmasdik. Tavakkal qilib yana erkin holda sayrga chiqa boshladik. Bir kuni yana o`sha militsiya xodimi uchrab qoldi. Militsiya xodimining dag`dag`asini kutib o`tirmay birinchi bo`lib, o`zim gap boshladim, chunki bu safar ham men aybdor edim.

«Aka, siz meni jinoyat ustida qo`lga tushirdingiz. Aybdorman. O`zimni oqlash va kechirim so`rashga ham haqqim yo`q. O`tgan gal ogohlantirgan edingiz, endi jarimaga tortsangiz ham mayli», dedim. «Qo`ysangiz-chi, – dedi u bu safar ancha muloyim ohangda, – kuchukchaning bu erda chopqillab yurishi qancha zavqu shavq berishini bilaman. Qolaversa, atrofda  hech kim yo`q».

«Ha, albatta, katta maroq bag`ishlaydi, lekin bu qonun bilan taqiqlangan-ku?!» «Bunaqa jonivor hech kimga ziyon etkazmaydi», – dedi u tobora yumshab. Keyin esa shunday taklif berdi: «Siz bunday qiling, itingizni menga ko`rinmaydigan anavi tepalik ortida sayr qildiring va shu bilan bu mavzuni unutamiz».

Agar o`sha kishi aybini tan olmay, himoya qilishga uringanida, nima bo`lardi. Militsiya xodimi bilan hech tortishib ko`rganmisiz? Agar biz baribir to`qnashuv muqarrarligini bilsak, u holda tashabbusni o`z qo`limizga olib, raqibimizdan oldiroq harakat qilganimiz ma`qul emasmi? Birovning ayblovini eshitganimizdan ko`ra o`z-o`zimizni tanqid qilish engilroq emasmi?

Suhbatdoshingizning dilida, tilining uchida turgan siz haqdagi barcha haqoratlarni undan oldinroq o`zingiz, o`zingizga ayting. Shunda uning qo`lidagi qurolini tortib olgan bo`lasiz, u ham past kelib, xatolaringizni minimum darajasigacha kamaytiradi.

Agar biz haqli bo`lsak, keling, buni odamlarga madaniyatli tarzda etkazishga urinib ko`raylik. Mabodo xatoga yo`l qo`ygan taqdirimizda, uni ham ochiq tan olib qo`ya qolaylik. Bu nafaqat yaxshi natija beradi, balki xoh ishoning – xoh yo`q, muayyan vaziyatlarda o`zingizni himoya qilishdan ko`ra yoqimliroq ham bo`ladi.

Unutmang: Musht ishlatib ko`p narsaga erishib bo`lmaydi, biroq yon berish bilan kutganingizdan ko`proq g`alabani qo`lga kiritishingiz mumkin. Shunday qilib kishilarni o`z nuqtai nazaringizga moyil qilmoqchi bo`lsangiz ushbu maslahatga amal qiling: Agar nohaq bo`lsangiz, buni tez va qat`iyat bilan tan oling.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nodir

    xak bulsam xam, noxak bulsam xam, baribir men xakman smile

  2. Номаълум

    tan olish qiyinda smile

  3. umid

    tugri vaqtida noxakligizni tan olish kerak, bulmasam siz yakinlarizdan kechasizlar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social