Oilada bolalar tarbiyasi

Oilada bolalar tarbiyasi

Bolalar! Naslimizni davom ettiruvchi mitti yulduzlarimiz. Ular bilan hayotimiz mazmunli. Ular ko`zlarimiz quvonchi. Hali shakllanib ulgurmagan nihollar ular. Bu nihollarga shakl va yo`nalish berish ota-onaning burchi. Bu burchni kim qanday bajaryapti? Tasavvur qiling yangi niholga oziq va parvarish kerak. Unga vaqtida suv quyib turish, taglarini yumshatish, vaqti kelganida esa ortiqcha novdalarini olib tashlash kerak bo`ladi.

Bolalar ham ota-onaning parvarishiga, mehriga muhtoj bo`ladi. Odatda chaqaloq tug`ilganidan keyin juda katta e`tibor bilan parvarish qilamiz. Uni suyib erkalaymiz. Ba`zilar bola katta bo`lgani sayin bolasiga kamroq e`tibor beradigan bo`lib qoladi. U endi o`zini o`zi eplaydi. Shu fikr bilan bolani o`z holiga tashlab qo`yishadi. Bola o`z ota-onasidan etarlicha mehr va tarbiya olmas ekan, u kelajakda muammo keltiradigan, boshqalarga ozor beradigan inson bo`lib etishadi.

Bolaga qachondan tarbiya berishni boshlash kerak? Bolangiz sizni gapingizni tushunadigan bo`lganida tarbiya berishni boshlang. Ba`zi bolalar 9-10 oylik bo`lganlarida onasining gapini tushunadi. O`sha paytdan nima mumkin nima mumkin emasligini aytib boshlang. Har safar fikringizda qat`iy turing. Bir narsa mumkin emasmi, har safar bolangiz shu narsaga tegmasligiga e`tibor bering. Bir safar mumkin emas bo`lsa, ammo keyingi safar ish bilan ovora bo`lib, bolaning quloqsizligiga e`tiborsiz bo`lmang. Hech qachon jaxl va nafrat bilan jazolamang. Bolangiz sizning nafratingizni sezadi. Jazolashdan oldin o`zingizni qo`lga oling. Bolani jaxl bilan emas sevgi bilan jazolash kerak. Uning qilgan ishidan jaxlingiz chiqqani uchun emas, uning xatosini to`g`rilash uchun jazolang. Har doim bergan jazoingizda me`yor bo`lsin. Shu me`yorga amal qiling. Shunda bolangiz ota yoki onasi o`zini tuta biladigan inson ekanini ko`radi. Tasodifiy xatolar uchun bolani jazolamang.

Qush uyasida ko`rganini qiladi. Shuning uchun yaxshi o`rnak bo`lishga harakat qiling. Eng yaxshi ona yoki eng yaxshi ota bo`ling. Oila va uy bolalaringizni eng sevimli maskani bo`lsin.

Siz buni qila olasiz. Shunday qilyapsiz deb o`ylaymiz.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Olimtoy

    Bolalarni to’g’ri tarbiyalash uchun ota ona o’zi tarbiya ko’rgan oiladan bo’lishi kerak. Agar ota onani o’zida bo’lmasa bolasiga qayoqdan olib beradi a?

  2. _5555_

    Жуда тугри “Олимтой”! Бази бир оилалардаги мухутни куриб, тугриси очинасан киши. На севги бор, на бир мехр окибат. Уз уйида севги курмаган, мехр омаган бола кандай килиб бошкалар билан соглом муносабат килаолади. Хакикатдан хам тугри айтишади, хакикий севги бу факат Худодан! У бизни шартсиз севади.

  3. Amir

    _5555_ga: Salom _5555_. Sizga shahsiy savol: Siz qanday oilada tarbiya olgansiz? Oldindan rahmat.

  4. Quvonch

    Ahamiyat bermapman. Juda foydali hikoya. Mana shunaqa hikoyalar ko’proq bo’lsa yahshi.

  5. 123

    Bolalarni yahshi narsalarga o’rgatish bu zo’r. Lekin bolalar otaona qiliqlarini, yahshiyuyomon odatlarini ham magnitga o’hshab tortib oladi. SHuning uchun ularga o’rgatishdan oldin o’zingiz ham yahshi va namunali bo’lishingiz kerak. Quruq gapdan ko’ra amalda va hayotingiz orqali ko’rsatishingiz kerak.

  6. yulduz

    bolalarni tog’ri tarbiyalash kerak! kelajakda ularni xam bolalari buladi, va ularga to’gri namuna bulish kerak/

  7. UZB

    Ҳамма гап ҳам айнан шундада, сўз билан тарбия қилишнинг ўзи кифоя бўлмайди, айнан амалда кўрсатиш керак. Бунинг учун эса одамнинг ўзи бошидан тарбияли бўлиши керак.

  8. нодир

    UZB сиз тугри айтяпсиз, биринчи инсон узига караши керак, чунки болалар купрок айтишдан эмас, балки амалда курсалар, кейин уни килишади. айтишадику: Бола узининг ота-онасининг кузгуси!

  9. нодир

    афсус лекин мен фарзандли эмасман smile

  10. Beg'ubor

    Birinchi o’rinda farzandlarimizga mehrli bulishni o’rgatishimiz kerak.Buni bir birimizga bo’lgan mehrimiz bn ko’rsatib bersakina bolalarimiz ko’rib o’rganadi

  11. Beg'ubor

    saytdagilar manga yordam bervorilar.10oylik bolalarga qanday qushimcha ovqat bersa buladi.farzandim hechqamday pecheniylar yemayapti.kartoshka sabzi puyresi kuyniga tegdi.tuxum sarig’i ham sutli butqalar yoqmaydi .iltimos bilselar yozvorilar

  12. Beg'ubor

    saytdagilar manga yordam bervorilar.10oylik bolalarga qanday qushimcha ovqat bersa buladi.farzandim hechqamday pecheniylar yemayapti.kartoshka sabzi puyresi kuyniga tegdi.tuxum sarig’i ham sutli butqalar yoqmaydi .iltimos bilselar yozvorilar

  13. Fazo.tv

    Qadrli Beg’ubor. Siz http://www.7ya.lv portaliga kirib kerakli maslahatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, “Nestagen 10” – 10 oylik bolalar uchun kasha ham bor, shuni ham berib ko’rishingiz mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social