Oilaning asociy 5 ustuni

Oilaning asociy 5 ustuni

Oila xar bir jamiyatda avlodlar davomiyligi ta`minlovchi, muqaddas urf-odatlarni saqlovchi, avlodlar tarbiyasini muntazam takomillashtiruvchi ijtimoiy maskandir. Oila bu jamiyatimizning bir qismidir. Agar biz boshqa narsalar bilan band bo`lib, o`zimizning oilamizga etarlicha e`tibor bermasak, o`zimizning vazifalarimizga beparvolik qilgan bo`lamiz. Tabiiy holki, keyin biz bundan qattiq afsuslanamiz.

Oilaning birinchi asosiy ustuni, bu – er-xotin va farzandlar bilan bo`lgan munosabat. Nikoh bu – mehnat. Bunga qaramasdan ba`zi odamlar nikohdan keyin o`z hayotlari bilan yashashni davom ettiradilar, o`zlarini ishga, bag`ishlaydilar, birinchi o`ringa o`zining qiziqishlarini, ishini qo`yadi. Erlar xotinlari bilan munosabatni unutadilar. Aksariyat hollarda biz ota-onalar farzandlarimiz bilan vaqt o`tkazmay ish bilan band bo`lib qolamiz. Vaqt o`tib farzandlar o`sib, ulg`aygani sari oilada tushunmovchiliklar va hattoki urishlar ham kelib chiqadi. Bu esa ajralishlarning, baxtsiz oila bo`lishning sababidir.

Agarda men o`z uyimni, oilamni yaxshi boshqara olmasam, va farzandlarimga to`g`ri tarbiya bera olmasam, qanday qilib men ishimda yaxshi raxbar yoki boshqaruvchi bo`la olaman? Bizning hayotmizda turmush o`rtog`imiz va farzandlarimizning o`zining o`rni bor. Ular bilan vaqt o`tkazish, e`tibor berish bu bizning vazifasidir.

Oilaning ikkinchi ustuni, bu- yaqinlarimiz. Bu bizning ota-onalarimiz, aka-ukalarimiz, opa-singillarimizdir. Biz ko`pincha ish bilan band bo`lib, ularni esdan chiqaramiz. Axir bu odamlar biz uchun ko`p kuch ishlatishgan, vaqtlarini ayamasdan, kechalari bizning oldimizda o`tirib, biz uchun qayg`urishgan. Biz o`z ota-onalarimizga qanday munosabatda bo`lsak, bu farzandlarimizga, kelajakda ular bizga bo`lgan munosabatlarida aks etadi. Er va xotinning ota-onalarini ajratmaslik juda muhim. Ular bilan bir hil munosabatda bo`lish va ularga bir hil vaqt ajratish mantiqga to`g`ri bo`lar edi. Agar biz o`z yaqinlarimiz haqida qayg`urmasak, buni kim qiladi?

Oilaning uchinchi uchtuni, bu bizning ishimiz va kasbimiz. Bizning qanday, qaysi va qancha oylik olishimizga qaramasdan, ish bizning hayotmizning 1/3 qismini oladi. Bizning ishimiz bo`lganligi uchun biz pul ishlay olamiz va oilamizni boqa olamiz. Bizning qadriyatlarda ishning ham ma`lum bir o`rni bor. Bunga biz beparvolik ham qilmay va oshirib ham yubormasligimiz zarurdir.

Oilaning to`rtinchi ustuni, bu – sog`likdir. To`rtinchi ustun – bizning jismoniy va ruhiy ahvolimiz. Bu dam olish kunlari, madaniy hordiq, sport bilan shug`ullanishlarni o`z ichiga oladi. Mashg`ulotlar ham biz uchun dam. Sport bilan shug`ullanish biz uchun foydalidir. Agar biz noto`g`ri hayot kechirsak, bu bizning jismoniy hayotimizga ta`sir qiladi. Albatta bu oila uchun zarar bo`lmasligi kerak. Hafta davomida qilgan ishimizdan boshqacharoq dam olish barchamizga yangilanish va yangi boshlanayotgan xaftamizdagi vazifalarimizni bajarish uchun kuch, g`ayrat, shijoat bahsh etadi.

Oilaning beshinchi ustuni atrofimizdagi insonlar va vazifalar. Bu – qarindoshlar, qo`shnilar va do`stlar bo`lgan munosabatlar. Bunga biz ijtimoiy faoliyatimizni ham kiritishimiz mumkin. O`z do`stingni va otangning do`stini tashlama, og`ir kunda akangnikiga chopma, yaqin qo`shni uzoqdagi akadan yaxshiroqdir.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. qodir

    rahmat maslaxatlar uchun, bu menga kopini eslatdi, xattoki men xale uylanmasdan turgan xolda qanchalik oyla muximligini kurdim.

  2. Muhlisa

    Xa bularning barchasi to’gri, Oila Muqaddasdir, biz uni asrashimiz lozim!!!

  3. Исмингиз

    oyla bu muqaddas!

  4. Ra'no

    Hali hayotga tayyor emasman. O’qishim kerak. Bir gap bo’lar uyog’i

  5. Aziza

    Salom alaykum Ra’no, turmuwga 4iqiwga wowilmang, hammasiga uzini vaqti bor

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social