Orzuingizdagi ish!

Orzuingizdagi ish!

Ertalab hursandchilik bilan ishga boradigan, kechasi esa yaxshi kayfiyat bilan uyiga qaytadigan inson – bu baxtli inson. Chunki u o`z ishini sevadi va u bu ishni hursandchilik bilan qiladi. Dunyoda esa, ertalab ishga hursandchilik bilan boradigan insonlar ko`p emas. Statistika bo`yicha 80% yaqin ishchilar, o`zi shug`ullanayotgan ishlaridan mamnun emas ekanlar. Sizga chi, sizga o`z ishingiz yoqadami?

O`zingiz yoqtirmagan ish bilan shug`ullangizda, shu sohada muvofaqiyatlarga erishish juda qiyin. Ertalab ishga borayotganingizda surgunga borayotgandek bo`lsangiz, baholangki ish joyingizdagi muhit ham kun maboynida sizga salbiy ta`sir qiladi. Agar siz har kuni, yoki yillar maboynida, siz yoqtirmagan ish bilan shug`ullansangiz, buni kundan kunga o`z hayotingizni bo`zish bilan qiyoslasa ham bo`ladi.

Bir guruh insonlar borki, o`zlari yoqtirmagan ish orqali juda yaxshi daromad topishadi. Ammo! Bekorga “Yaxshigina daromat topaman deb, hayotingni shunchaki o`tkazma” deb aytishmaydi. Ya`ni no`maygina pul topaman deb, o`zingizning hayotingizni ham esingizdan chiqarmang.

Ko`pincha insonlar o`zlariga yangi ish qidirishmaydi. Chunki ular o`ylagan ish o`rni ular uchun erishib bo`lmaydigan orzu singari tuyuladi. Agar siz bundaylar qatorida bo`lsangiz, o`ylab ko`ring: chunki bu cheklov faqatgina sizning ongingizda. Imkoniyatlar hamma joyda mavjud, faqat harakat qilishga botinmaslik kerak.

Sizga qanday ish yoqadi? Qanday ish bilan shug`ullanganingizda siz rohatlanasiz? Balkim siz hursandchilik bilan har xil turdagi texnikalarni remont qilishni yoqtirarsiz, balkim sizga romantik dastonlar yozish yoqar, balkim sizga yangi texnologiyalar ixtorasi bilan shug`ullanish yoqar. Bir qarashdan bu satrlar juda kulguli tuyulishi mumkin. Lekin jiddiy o`ylab qaralsa, menimcha oralarimizda o`z ishidan qoniqish olmayotganlar ham topiladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social