Ota onaga bulgan munosabat!

Ota onaga bulgan munosabat!

Ota ona – eng yaqin va qadrdon insonlar. Biz ularni juda sevib qadrlaymiz, o`z navbatida ular ham bizlarni har doyim qanday vaqt va vaziyatda bo`lishidan qatiy nazar juda sevadilar. 

Tug`ilishimizdan ota onamiz bizni himoyalab keladi, salomatligimiz, to`g`ri ovqatlanishimiz va har tomonlama rivojlanishimiz haqida g`amxo`rlik qilishadi va sharoit yaratib berishga harakat qilishadi. Agar bola xafa bo`lsa yoki u zerikib qolsa, kimdir uni xafa qilgan bo`lsa, yoki u yiqilgan va biron joyi lat egan bo`lsa, yordamga birinchi navbatda tasalli beradigan va ovitadigan ota onasi kelishadi.

yillar o`tib boradi. Bola ulg`ayadi, bog`chaga boradi, keyin maktab, keyin kolledj yoki institut, kun sayin ulg`ayib mustaqil bo`lib boradi. Eng muhumi esa, u o`z ota onasidan o`zoqlasha boshlaydi, o`z sirlari va muommalari barchasi bilan bo`lishmaydi, kamdan kam yordam yoki maslaxat so`raydigan bo`lib boshlaydi. Mana shu vaqtlarda bola va ota ona orasida tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Bunday vaziyatlarga tushub qolmasligimiz uchun, o`zimizni qanday tutishimiz lozim?

  1. Ota onaga bo`lgan hurmat – bu munosabatlarning ajralmas qismi bo`lib, bu siz, siz hech qachon o`z munosabatlaringizni saqlay olmaysiz. Ota onangizning har bir fikrini hurmat qiling, hattoki u siz uchun odalatsiz bo`lsa. Albatta siz buni zudlik bilan qiling degani emas. Siz o`z fikringizni aytishingiz mumkin va kerak.
  2. O`z xatolaringizni tan olishingiz. Biz barchamiz o`z xatolarimizdan o`rganamiz. Ammo bazi vaqtlarda buni tan olish juda qiyin. Agar siz ota onangizga allaqachon ulg`ayganingiz va masuliyatli inson bo`lganingizni bildirmoqchi bo`lsangiz, o`z xatolaringizni tan olishdan hech qachon qo`rqmang.
  1. Ochiq va dilkash bo`lish. Ota onangiz bilan iloji bo`lsa ko`proq suhbatlashishga harakat qiling. Ularga o`z do`stlaringiz, qizziqishlaringiz, kelajakdagi rejalaringiz, sevgi, umuman siz o`zingiz uchun nima qizziq deb bilgan narsalaringiz haqida gapirib bering. Siz haqingizda qanchalik to`liq va ko`p ma`lumot bo`lsa, shunchalik sizga bo`lgan ishonchi ham ko`p bo`ladi.
  2. Hushmuommali bo`lish. Mana shuning uchun yoshlikdan bolalarga o`z yaqinlari va hattoki begona odamlar bilan hushmuomali bo`lishga o`rgatishadi va undashadi. Lekin bu o`git va nasihatlar vaqt o`tib bazi bir bolalarda yo`qoladi. Bu esa o`z navbatida ota ona bilan bo`ladigan munosabatga salbiy ta`sir qiladi.
  3. Rollarning almashinishi. Baxsli vaziyatlarda hayolan ota onangizning o`rnida bo`lib ko`ring. Shunda ota onangizning fikri siz uchun tushunarli bo`lar. Bu esa munosabatingiz yaxshilanishi uchun birinchi qadam bo`ladi.
  4. Sabr toqat – bu fazilatni har doyim o`rganish kerak. Sizni xafa qiladigan so`zlarga e`tibor bermaslikka harakat qiling, atrofdagilaringizning xatti harakatlarini izohlamaslikka harakat qiling. Hech kim buni oson demaydi, lekin ota ona uchun o`z ustingizda ozgina ishlasa, buning hech ham yomon joyi yo`q.

O`ylab ko`ring, ko`pchilik hollarda ota onaning shikoyatlari asosli va o`rinli bo`ladi, shunday emasmi? Xech birimiz ideal emasmiz, barchamiz ham hato qilamiz. Ota onamiz esa bunga ko`proq e`tibor berishadi holos. Eng muhumi, hech qachon esingizdan chiqarmang, ota onangiz bilan qanday munosabatda bo`lishingizdan qattiy nazar, siz uchun ulardan yaqin inson yo`q. Ularga yon bering, hech qachon baxslashishga intilmang, yumshoq muomilada bo`ling, nimadir sizni bezovta qilayotgan bo`lsa uni hotirjamlik bilan tushuntirishga harakat qiling va sizning oilangizda tinchlik va osoishtalik qayta tiklanadi.

Kommentlar: 46 komment. 46 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. 2662

    албатта улар бизнинг хаётимиздаги энг катта ва улкан бахтимиз базида уларни хафа киламиз ранжитамиз лекин улар биз учун курбон килган ёшлиги соглиги уйкуси ва шунга ухшаш куп нарсаларни хатто уйламаймизхам базида. улар бекиёс инсонлар биз хатоларимизни турлашимиз ва уларни хафа килмослигимиз асосий максадимиз булмоги шарт

  2. yulduz

    2662 – juda to’g’ri! Xaqiqatdan ham ota ona bu muqaddass! Ularning o’rnini hech kim bosa olmaydi!

  3. Салом

    Ота-онани танлашмайди. Ота-онага хеч качон хафа булмасли керей. Олдин роса хафа булардим. Хозир узимми болларим котта буп коган. Ота-онамни энди тушунвомман. Болаларни котта килиш осон иш эмас.Кора козон кайнаверади, чунки Худо хамманинг ризкини беради. Уларни бокиш уёкда турсин, энг мухими уларга тугри тарбия ва рухан соглом килиб катта килиш керак. Мана бу эса энг кийини. Кимда канака фикр?

  4. жамшид

    “Салом” – Сиз жуда яхши айтиб утдингиз! Ота онани танлашмайди! Ота она мехр окибати ва севгиси хакида канча гапирсак шунча кам, буни сузларнинг асл маносини тулалигича тушунмаганлар уйлайман улар ота ёки она булишганда тушуниб етишади

  5. Салом

    жамшидга:
    Гапирманг дустим. Куплар узининг омадсизлигида отаоналарни айиблайдилар. Лекин гап отаонада эмас. Ота она кулидан келганини ёки келмаганини берди. Одам доим ношукур буларкан. Бу ношукурлик туйгусидан хеч кутулиб булмасакан. Ман факат ота-онани айтмаяпман. Ман умуман айтяпман. Одамлар нафакат ота-онадан, улар дустлардан, якинлардан, хаётдан ва энг ачинарлиси Яратувчимиздан хам ношукур булишади. Бундайларга караб юрагим ачинади. Мен хам олдин хаётдан хафа булиб яшардим. Лекин Худога шукур хозир хаммаси яхши. Хар куним, хар бир нафасим, хар бир юрагим уруши учун Худога шукур дейман. Канийди хамма шундай фикр юритганида! Сизчи?

  6. нодир

    дустларим бу хакида канака фикрдасиз?:Зотан фарзандлар ота-оналарига эмас,балки ота-оналар фарзандларига мол-мулк жамгаришлари лозим!

  7. Салом

    нодирга: Албатта пул жамгариш жуда яхши. Лекин ота-она фарзандига шундай тарбия бериши керакки, шундай маълумот бериши керакки, фарзанд узи бемалол пул топиб муаммоларини узи ечиши керак. Хамма гап тарбияда булса керак. Лекин ота-онаям аввалам бор тарбияли ва шунга ухшаш етук ва севгига тула ойилада катта булиши керак. Айтишадику, “Куш уйда курганини килади” деб.

  8. нодир

    ха Салом тугри айтингиз хаммаси тарбияга боглик! чунки бошка одамлар инсонни хати-харакатларни куриб, унга кандай тарбия берганини куришади!

  9. 2662

    89655979958 сизи фикрингиз жуда хам тугри укусидан уз халоватидан кечган онажонларимизни минг айланиб ургилсак хам адо эта олмаймиз бур накил бор онани кунгли болада болани кунгли далада фарзанд онани куйингани мехрини уз вактида тушуна олмайди качонки вояга етганида ота она буганидан кейин уларни уларни мехрини тушунар экан

  10. Subhidam

    Ота шундай зотки у кишини ишдан келишини пойлаб утирамиз ишдан келишига “Дадажон келдингизми?” деб олдига чопамиз. Она эса бизни 9 ой корнида кутариб юриб бизни кечалари бн ухламай караб чикан. Ота оналаримиз бизни узи ичмай ухламай катта килганлар .

  11. NASIBA ALIMOVA

    Man ham ota onamni jùda ham yaxshi ko‘raman. Ularning roziligini olish mening eng katta orzuim. Dunyoda shunday bir so‘z borki, boshqa biror bir so‘z u kabi jarangli hamda yoqimli bo‘la olmaydi deb o‘ylayman. Bu so‘z ”ota onangga rahmat” degan purma‘no so‘zdir…

  12. Bu sir

    Salom, siz juda yaxshi fikrlar yozibsiz. Allohga shukur, ota-onam yonimda, sog’-salomat. Ko’z tegmasin.
    Maslahatlaringizga amal qilaman degan umiddaman.

  13. mohigul

    Assalomu aleykum bu fikrlar uchun raxmat

  14. malikha

    yuqoridagi barca fikrlarni qollab quvvatlayman

  15. malikha

    salom

  16. gulii

    bekorcilar bolsa tel qilina 0011

  17. mohigul

    bizga juda as qotdi

  18. muwar

    vay voooooooo

  19. Fazo.tv

    Salom! Katta rahmat kommentlar uchun!

  20. Diyana

    Yuqoridagi barcha gaplarga qòshilaman

  21. Jasmiya

    Bu matnni kim yozgan bulsa ham Olloh rozi bulsin. Rosa manoli yozibsiz

  22. Fazo.tv

    Salom Jasmiya! Katta raxmat! Biz bilan qoling smile

  23. Firuza

    Salom yuqorida aytib o’tilgan gaplarga qo’shilaman smile

  24. suxrob.uz

    ota-ona deganida men shuni tushinamnki ota onani qadriga yetish kerak hech qachon ota onaday ulug zoat topilmaydi

  25. suxrob

    ‘musofir u glingiz sogindi ona’

  26. Fazo.tv

    Salom suxrob, juda to’g’ri aytasiz va sizni har doim sevadigan faqat ota-onadir.

  27. Mohigul salom
  28. Durdona

    Salom.Juda tõğri.CHUNKI OTA ONA BEBAHO SIYMO

  29. Sumayya

    juda togri aytdiz Durdona!

  30. Shaxinabonu Shavkatovna

    Hammalarigizni fikrlarizga qo’shilaman.
    Ota onalarimiz har doim salomat bo’lsinlar ilohim.

  31. J

    Omin heart

  32. Bonu

    Hammangiz yaxshi fikirlar ekansiz. Ota onangizga bõlgan mehringizni kõrib turibman. Sizlarga omad tilayman.

  33. Rayyona

    Juda ham tõĝri gaplar bõldi barchangizni gapingiz tõĝri❤️

  34. Zõr

    Judayam tõğri gap

  35. DUNYO

    Hammagizning fikringzga qòshilaman ilohim onasiga jannat tilaganlar ham jannatga kirsinlar‍♀️

  36. DUNYO

    Fikrlarga gap yòq

  37. Anonim

    good unknw

  38. Janis

    Zo’r

  39. Umida ❤️

    Juda toʻgʻri ‍❤️‍

  40. Rozish

    A’lo fikirlar

  41. Anonim
  42. Madin

    Juda ham tõğri gap

  43. Gulnoza

    Yaxshi yozilgan

  44. shahnoza

    to`gri 1000 %

  45. Anonim

    ❤️❤️❤️

  46. Yusuf

    Ota onani har doim hurmat qilish kerak

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social