Puldan qimmat bo`lgan 15 narsa

Puldan qimmat bo`lgan 15 narsa

1. Do`stlik. Doimiy o`rtoqlik munosabat va do`stlik ruhi –yaxshi yashashning isbotidir. Do`stlik siz ega bo`lgan va xohlagan narsalar atrofida aylanmaydi – Do`stlik insonlar atrofida va ularning munosabati atrofida aylanadi.

2. Jismoniy sog`lik. Sog`lik sotib olinmaydi, biroq unga biz har kun qiladigan shaxsiy tanlovlar yordam berishi mumkin.

3. Ruhiy salomatlik. Jismoniy sog`likning qarama qarshisi – ruhiy salomatlikdir. O`z his tuyg`ularimizni sog`lom qilib ko`rsatishimiz kerak. Bizni bezovta qiladigan muammolarga qarash va ulardan qochmasdan hal qilish zarurdir.

4. Munosabatlarning tajribasi. Kimgadir xat yozing, siz nima his qilganingizni ayting. Butun kunni ajoyib ovqat tayyorlashga sarflang va uni sevgan inson bilan romantik ovqatlanish qiling.

5. Turmush qurish. Boshqa insonni o`z hayotingizga qabul qilish butun hayotingizni o`zgartiradi. Boshqa inson oldida ochilish sizga yanada yaxshi inson bo`lish va o`zgartirishga chaqiradi.

6. Donolik. Agarada siz javobni bilaman deb o`ylasangiz, bu sizni dono qilib ko`rsatmaydi. O`rganishdan to`xtamang.

7. Kuchli his-to`yg`u. Qanday harakatlar sizni hayajonga olib keladi? Ushbu ziravorlarsiz hayotingiz zerikarli va tamsiz ko`rinadi.

8. Aloqa yo`llari. Bu sizlarga o`z ichki dunyoingizni boshqalar bilan bo`lishishga imkoniyat beradi, bu narsalarga dunyo boyliklari bilan erishib bo`lmaydi.

9. O`z kuchiga tayanish. Pul keladi va ketadi. Pulsiz yashash va rivojlanish, xayotda pulning o`rni muxim emasligi va unga qattiq bog`lanib qolmaslikka olib keladi.

10. Xavfsizlik. Agarda biz o`z kuchimizni xavfsizlik va omadsizliklardan himoya qiladigan burchakni yaratishga qaratsak, bu narsa bizni kerak bo`lmagan sarflashdan saqlaydi.

11. Boshqalarga yordam. Ko`plab insonlarga, boshqalarga yordam berish hursandchilik va qoniqish hissini olib keladi, bu esa har qanday moliyaviy narsadan yuqoridir.

12. Shahsiy o`sish. Har bir inson rivojlanish imkoniyatiga ega – uning harakatlanishi, imoni va hoqazo. O`z ustimizda ishlasak, siz o`zingizni o`zgartira olasiz.

13. Minnatdorchilik. Agarda sizda bor bo`lgan narsalar uchun minatdorchilik bildira olsangiz – o`z hayotingizdan qoniqish hissi o`sib boradi.

14. Xobbi(qiziqish). Ko`plab insonlar hayot tashvishlariga botib, haqiqiy baht puldan yoki sotib olingan narsalarga bog`lik emaslikka axamiyat ham berishmaydi. Bu narsadan uzoq turing. Yangi narsani qiling va siz zavq oladigan narsani toping. Ko`pincha bu oddiy narsalar bo`lishi mumkin – o`yinlar, aylanishlar, munosabatlar.

15. Ma`naviylik. Ma`naviylik hayotimizning maqsadi emasmi? O`zingizni o`qishdan va o`rganishdan to`xtatmaslik, hayotga ijobiylik bilan qarash, sizga yanada ko`proq tinchlikni va hursandchilikni olib kelishi mumkin, bu narsalarni boshqa joylardan topolmaysiz va sotib ololmaysiz.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Otamurod

    Bu ikki qadam oldinga va bir qadam orqaga degandek gap. Oldinga intilish va qoqilishlar oddiy xayotiy xoldir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social