Pulga to`lgan taxtacha

Pulga to`lgan taxtacha

Boshqa insonlarga yordam berish uchun, butun dunyo bo`ylab sayohat qilish va uysiz insonlarga xayr-saxovat qilish uchun millionlar kerak emas. Yaxshilikni oddiy yo`l bilan ham qilish mumkin. Bundan tashqari, ko`pgina insonlar atrofdagilarga yordam berishni istashadi, ammo ba`zida qanday qilib yordam berishni bilishmaydi.

Bir tashabbuskor guruh noyob ijtimoiy tajribani o`tkazishdi. AQShning San-Diego shahrida maxsus taxtani o`rnatishdi va unga nina to`g`nag`ich yordamida 20 ta bir dollarlik pullarni qistirib chiqishdi. Tepasiga esa katta xarflar bilan: “Sizga qancha kerak bo`lsa, shuncha oling. Qancha ayamasangiz, shuncha yopishtiring” – deb yozib qo`yishdi.

Mazkur taxtaning yoniga kamera o`rnatilgan bo`lib, u insonlarning harakatlarini kuzatib turish maqsadidi qo`yildi. Kimdir taxtadan bir necha dollar oldi, ammo ko`pchilik bu hayrli ishga o`z hissalarini qo`shishdi va o`z pullarini taxtaga qistirishdi. Oradan 45 daqiqa o`tgach taxta pullarga to`lib ketgan.

Shu vaqtda bir uysiz kishi taxta oldiga yaqinlashadi, lekin u pul olmasdan o`tib ketadi. Buni ko`rgan tashkilotchilardan biri uning yoniga borib nima uchun pul olmaganini so`raydi. Shunda uysiz kishi shunday javob beradi: “Bugun mening qornim to`q va pulga muhtoj boshqa insonlar juda ko`p. Men ochko`z emasman. Menga shuni o`zi etarli va shu narsa mening shaxrimda bo`layotganidan juda hursandman. Balki men ertaga bu yordamdan foydalanarman”.

Shu oddiy ijtimoiy tajriba shuni ko`rsatdiki, atrofimizda juda ko`p mehribon va yordamga tayyor turgan insonlar bor.

Manba: mirfactov.com

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. komil

    bu tajribani uzimizdayam qib kurgim kevotti, qizziq, odamla buni qanday qabul qiliwarkin!?

  2. Исмингиз

    bizadayam kungilli insonla topiladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social