Quloqlaring bor–ku, nahotki eshitmasang?!

Quloqlaring bor–ku, nahotki eshitmasang?!

O`z o`zinga savol berib ko`r: Men eshitamanmi? Men o`z yaqinlarimni eshitamanmi? O`z vijdonimni eshita olamanmi? Atrofdagilarnichi?

Agarda eshitishga harakat qilib ko`rsak, bizlarni ogohlantirishadi, maslahat berishadi va to`g`ri yo`lga yo`naltirishlari mumkin. Ana shundagina biz o`zimizni va yaqinlarimizni ko`pgina muammolardan saqlashimiz mumkin.

Afsuski, ko`pincha biz boshqa insonlarning ogohlantirishlariga va so`zlariga ahamiyat bermaymiz, o`z qarorimizni yuqoroq qo`yamiz. Barcha taraflama, dunyoning barcha burchaklaridan bizni dunyo oxiri haqida ogohlantirishadi va hayotingiz kaysi darajasini, hozir va keyin bizni nima kutyotgani haqida o`ylashga imkoniyat berishadi. Biz bu ishoralarni ko`rishni istamaymiz, bularning hammasi safsata deb aytamiz va yanada chuqurroq gunohga botamiz.

Yordamga chaqirish haqida nima deysiz? Axir biz eshita olmasak, yordam berolmaymizku!

Yaqin insonning iltimosini eshitish juda muhimdir. Bizning yordamimiz ularni tinchlantirishi va yupatishi mumkin. Qachonki insonlar atrofida sodir bo`layotganini eshitishni xohlamaganda va e`tibor qaratmaganda, o`zlarining insoniy qadrlarini yo`qotib boradilar.

Bir dono inson shunday degan ekan: “Ko`zlaring bor–ku, nahotki ko`rmasang?! Quloqlaring bor, nega eshitmaysan?! Boshingizga g`am–tashvish tushganda, bir–biringizni qo`llab–quvvatlang.”

Eshitishni unutmang! Hozir yaxshilikga o`zgarish va eshitishning ayni vaqtidir.

Siz boshqa insonlarni (ota-ona, xotin, er, farzand, do`st) eshitishni bilasizmi?

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sultan

    Allohga wukur hamma azolarim sog

  2. НС

    эшитиш эмас тинглаш керак.

  3. Бек

    Эшитишдан олдин, тинглаш керак экан. Кўпчилик эшитяпман деб ўйлайдику, лекин хаёли бошқа жойда, ўз муаммою-қийинчилик, хуллас бошқа нарсалар ҳақида ўйлайди. Гапиришдан кўра, тинглаш иноми анчагина фойдалироқ эканини тушундим.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social